Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
21 sentyabr - Xalqaro tinchlik kuni
2020-09-21 10:47:34 655
TINCHLIK-BEBAHO NE'MAT
Insoniyat yashash davomida ezgu maqsadlarga yetish uchun doimo izlanadi va harakatda bo’ladi. Ezgu maqsadli inson orzu-umidini amalga oshirishi uchun eng katta tayanch tinchlik va osoyishtalik muhitidir. Odatda, tinchlik so’zi kishini bezovta qilmaslikni, holatlarning tinch va osoyishta, urush-janjalsizligini, hayot va turmush tizimini bir me'yorida bo’lishligini ifoda etadi. Oilada tinchlik va osoyishtalik hukm sursa, oila bardavom va mustahkam. El-yurtda tinchlik va osoyishtalik davom etsa, mamlakat taraqqiyoti, farovonligi, yurt ahlining turmushi obod bo’ladi. Bularni aks ettiruvchi muqaddas qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va rasm-rusumlarimiz, dinimiz bevosita xotirjamlik silsilasiga uzviy bog’liqdir.
Insoniyatga, dov-daraxtga, chorva-molga, qurt-qumursqaga havodek zarur bo’layotgan tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalikdan ham ziyoda, mo’'tabar ne'mat yo’q. Darhaqiqat, Alloh asrasin, oila va yurt notinch bo’lsa, to’y-tomosha, ko’ngilxushlik, hazil-mutoyiba, hayot lazzatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Inson biror luqmani xotirjam yutmaydi, har qanday koshona uy-joy, mol-mulk, bola-chaqa inson tanasiga og’irlik qiladi. Aytishlaricha, notinchlik, urush sababidan oxirgi besh ming yilda uch milliarddan ziyod odam hayotdan ko’z yumgan.
Urushlar sababidan mehr-oqibat, insoniylik unutiladi, har qanday ezgu amallar, ulug’ maqsadlar poyoniga yetmaydi. Yer qanchalik keng bo’lishligi bilan shunchalar tor va ziq ko’rinishga mubtalo bo’ladi. Demak, xotirjamlik, osoyishtalik ne'matini so’rashlikda dono xalqimiz nechog’lik to’g’ri va go’zal yo’l tanlagan.
Jannatmakon yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta'minlash yo’lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir. Shunga ko’ra biz ham tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, bu farovonlik, osuda turmushimizning barqarorligini ta'minlashlikda o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim. Bu orqali turmushimiz farovonligiga erishamiz.
N.Otabekov,
Respublika Ma'naviyat va
ma'rifat markazi Qo’shtepa
tumani bo’linmasi rahbari.