Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Davlat tili targ’iboti” bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi
2020-09-21 10:19:38 211
Qo’shtepa tumanida tuman Xalq ta'limi bo’limi, Maktabgacha ta'lim bo’limi hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash xodimlari ishtirokida sayyor seminar va ”mahorat darslari” tashkil etildi.
Mazkur seminarda Farg’ona viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongotarova, Farg’ona viloyati hokimligi Ishlar boshqarmasi Devonxona mudiri M.Axunjonova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Farg’ona davlat universitetida tashkil etilgan "Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish” hududiy bo’linmasi rahbari, professor M.Hakimovlar ishtirok etdilar.
Seminar davomida Davlat tilida ish yuritish va ijrosi intizomi, O’zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish borasidagi oldimizda turgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, davlat tilini yanada rivojlantirish borasidagi tumanning ish tajribalari boshqa tumanlarga ham tadbiq qilinishligi kelishib olindi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.