Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«Temir daftar»dagi oilalarga imtiyozli kreditga ikki boshdan qo’y berildi
2020-09-16 22:54:38 230
Hech kimga sir emas, so’nggi paytlarda «temir daftar», o’zini o’zi band qilish, kambag’allikni qisqartirish haqida bot-bot gapirilyapti. Bu bejizga emas. Istaymizmi-yo’qmi pandemiya sharoitida aholi bandligini ta'minlash kun tartibidagi asosiy masalaga aylanib ulgurdi.
Bu borada Qo’shtepa tumanida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi davrida aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, kambag’allikni kamaytirish, borasidagi prezident farmon va qarorlarining bajarilishi yuzasidan ham tumanda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ehtiyojmand oilalarni kambag’allikdan chiqarish maqsadida tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.V.Novikovning tashabbusi bilan sektor shtabi "temir daftari"ga kiritilgan 25 ta oilaga "Agrobank" tuman filiali tomonidan imtiyozli kredit asosida 2 boshdan qo’y berilib, ularning bandligi ta'minlandi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati