Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-09-11 15:21:16    187

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qo’shtepa tumani Shahartepa MFY Hamjihatlik ko’chasidagi arteziandan 40 yildan buyon suv chiqmaydi” sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Mazkur shikoyat tuman Xalq qabulxonasi va suv ta'minoti MCHJ Qo’shtepa tuman filiali mutaxassislari tomonidan joyiga borib o’rganildi. O’rganishlar davomida tik ichimlik suv qudug’iga mahalliy yosh bolalar tomonidan tosh va shunga o’xshash qattiq jismlar tashlanishi natijasida quduq ichidagi suv yo’li to’silib qolganligi aniqlanib, shu kunning o’zida yuqori bosimli havo haydash moslamasi (kompressor) yordamida tozalash ishlari olib borildi. Lekin quduq ichidagi tosh va qattiq jismlar ko’pligi sababli, tozalash ishlari o’z natijasini bermadi. Endilikda ushbu suv qudug’ini “Burg’ulash” agregati orqali tozalash rejalashtirilganini ma'lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati