Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qonunchilik yangiliklari
2020-09-07 14:28:59 258
“Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-6042-son, 18.08.2020 y.) mazmun-mohiyati
I. Farmonning maqsadi
Eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo’yicha “yo’l xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta'minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarni keng joriy etgan holda hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish.
II. Farmonning mazmun-mohiyati
Farmonga muvofiq, eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo’yicha Hukumat komissiyasi yangilangan tarkibda tasdiqlandi.
Eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun eksport prognozini shakllantirish ishlarini tashkil etish Hukumat komissiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hukumat komissiyasi Prezidentning respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo’yicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar, hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismining ijrosini ta'minlaydi.
Hukumat komissiyasining Ishchi organlari:
eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta'minlash masalalari bo’yicha - Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo’llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;
hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo’yicha - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda korporativ aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hisoblanadi.
Farmonga ko’ra, har bir hududda ishlab chiqarishni kengaytirish, raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishda ilm-fan, innovatsiya, loyihalashtirish, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini o’z ichiga olgan “sanoat klasterlari” tashkil etiladi.
Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (Inspeksiya) tashkil etildi.
Inspeksiya zimmasiga Hisob palatasining quyidagi:
· Prezidentning oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
· strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to’liq va o’z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
· mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish, byudjet tashkilotlari, byudjet mablag’larini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini o’rganish bo’yicha funksiyalari yuklandi.
Inspeksiya faoliyati Hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.