Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining qarori

×

 2020-08-29 11:16:22    228

PDF yuklash
Chop etish


TUMAN SEKTOR RAHBARLARINING AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMINI QO’LLAB-QUVVATLASH, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH, BYUDJET DAROMADLARINI OSHIRISH VA XORIJDA MEHNAT QILGAN ISHSIZ FUQAROLARNI ISHGA JOYLASHTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRAYOTGAN ISHLARI TO’G’RISIDA

2020 yil 27 avgust               № 95/17-6                         Qo’shtepa tumani

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20  avgust kuni iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qo’shimcha zaxiralarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor  yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha shahar va  tumanlardagi qo’shimcha imkoniyatlar tahlil qilinib, ularni ishga solish choralari belgilandi. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamini  qo’llab-quvvatlash, xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda tadbirkorlar uchun yer, bino, elektr, gaz va boshqa muhandislik-kommunikatsiya masalalarini hal qilish masalalari ham ko’rib chiqilib, mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va shu orqali qo’shimcha  zaxiralarni shakllantirish aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash uchun qo’shimcha manba bo’lishi ta'kidlanib, qo’shimcha  zaxiralarning sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish va bu  borada mahalliy kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, yig’ilishda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Mamlakatimizda joriy etilgan “temir daftar”lar singari, ishsiz yoshlar bo’yicha alohida (“Yoshlar daftari”), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo’yicha alohida (“Ayollar daftari”) ro’yxatlarini  shakllantirib, har biri bilan yangi tizim, yangicha tartibda manzilli ishlash muhimligi ta'kidlandi.

Tumanda bugungi kunda jami 1957 ta tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda 228 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Pandemiya davrida Farmon va qarorlar asosida tumanda faoliyat  ko’rsatayotgan 970 dan ortiq tadbirkorlarga 5 mlrd. 700 ming so’m soliq  imtiyozlari berilgan  bo’lib, 124 ta tadbirkorlarning 1,4 mlrd. so’m kredit  qarzdorligi 6 oy muddatga uzaytirilishi tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun juda katta yordam bo’lgan.

Sektor rahbarlari tomonidan har bir yo’nalishlar birma-bir tahlil qilinib, quyidagi chora-tadbirlar belgilangan.

Jumladan, investitsiya loyihalari bo’yicha: 2020 yilda umumiy qiymati 421mlrd. 176 mln.so’m bo’lgan 27 ta investitsiya loyihalarini ishga  tushirilishi natijasida 1301 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Sanoat yo’nalishida-jami 10 ta  loyiha (loyihaning umumiy qiymati  396 mlrd. 121 mln. so’m, shundan o’z mablag’i 131 mlrd. 501 mln. so’m, bank  krediti 2 mlrd. 540 mln. so’m, xorijiy investitsiya 26 mln. AQSh dollar) ishga tushirilishi natijasida 1217 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Qishloq xo’jaligi  yo’nalishida-jami 11 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 14 mlrd. 922 mln. so’m, shundan o’z mablag’i 7 mlrd. 897 mln. so’m, bank krediti 3 mlrd. 800 mln. so’m, xorijiy kredit liniya 320 ming AQSh dollar) ishga tushirilishi natijasida 57 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Xizmat ko’rsatish yo’nalishida-jami 6 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 10  mlrd.  133  mln.  so’m,  shundan  o’z mablag’i 6 mlrd. 180 mln. so’m, bank krediti 2 mlrd. 340 mln. so’m, xorijiy kredit liniya 160 ming AQSh dollar) ishga tushirilishi natijasida 27 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumanda 2020 yilda byudjet daromadlari bo’yicha 83,0 mlrd. so’mlik prognoz ko’rsatkichlari belgilangan bo’lib, yuqoridagi loyihalar  hamda mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish natijasida yil yakuni bilan byudjetga jami 87,0 mlrd. so’m tushumlarni jalb qilish va belgilangan prognozni 4,0 mlrd. so’mga ortig’i bilan ta'minlanishi ko’zda tutilgan.

Avgust-dekabr oyi uchun belgilangan 43,0 mlrd. so’m prognoz rejasini bajarish maqsadida quyidagi 5 ta asosiy yo’nalishda ish tashkil etilishi  maqsad qilingan.

Joriy hisoblangan soliqlar hisobiga - 25,4 mlrd. so’m, kameral nazorat tadbiri hisobiga - 8,5 mlrd. so’m, soliq qarzlarini qisqartirish hisobiga - 6,7 mlrd. so’m,  korxonalar  faoliyatini  tiklash hisobiga - 0,6 mlrd. so’m hamda “xufyona iqtisodiyot”ni  qisqartirish hisobiga - 1,8 mlrd. so’mni tashkil etadi.

Temir daftar bo’yicha Qo’shtepa tumanida Pandemiya davrida dastlab, “Temir daftarga”  kiritilgan 2043 ta oilalardan 1764 ta ehtiyojmand  xonadonlarda yashovchi 1895 nafar mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari bandligi taminlangan.

Shuningdek, “Temir daftar”dagi xonadonlarga kredit orqali chorvachilik, parrandachilik, issiqxonalar qurish hamda tikuvchilik dastgohlari sotib olish uchun tumandagi mavjud 2 ta tijorat banklari orqali jami 369 ta xonadonlarga 3,0 mlrd. so’m kreditlar ajratilgan.

Dastlabki xatlovda fuqarolarning yozma roziligi asosida Xalq deputatlari tuman Kengashining qaroriga asosan, 550 ta oilalar doimiy daromad manbaalariga ega bo’lganliklari va turmush darajasi sezilarli darajada ortganligi sababli “Temir daftar”dan chiqarilgan.

Yuqoridagi natijalarga erishish uchun mavjud imkoniyatlar va  zaxiralardan to’liq foydalangan holda quyidagi chora-tadbirlarni amalga  oshirilishi rejalashtirilgan:

birinchidan, tumanda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tumanning  o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kuchli va kuchsiz tomonlari,  foydalanilmayotgan imkoniyatlari va o’sish nuqtalari aniqlab chiqiladi.

Muhtaram Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashriflari  davomida tumanimizda 1000 gektar maydonda meva-sabzavotni rivojlantirish, jumladan, 500 gektar yer maydonda zamonaviy plantatsiya usulida intensiv bog’ va 500 gektar maydonda sabzavotchilik-polizchilik klasteri tashkil etish  belgilangan bo’lib, bugungi kunda yerlar tanlanib tijorat banklari bilan loyiha tashabbuskorlariga kredit ajratish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.  Buning natijasida 1000 nafar oilaning bandligi ta'minlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash,  mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligini davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-4700-sonli qarori bo’yicha tumanda uzoq yillardan buyon foydalanilmay turgan yerosti suv zaxirasi mavjud bo’lgan 322 gektar yerlarni o’zlashtirish  ishlari  boshlangan.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 2 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan.

Bunda 3,5 kilometr masofadagi irri-gatsiya tarmoqlarini qurish,  rekonstruksiya qilish, nasos agregatlarini qurish hamda  4  dona  tik  sug’orish  quduqlarini qurish ishlari bajarilmoqda.

Ikkinchidan, tumandagi mavjud imkoniyatdan to’liq foydalanish  hisobiga qo’shimcha 242 gektar yerlar o’zlashtirilib, yuqoridagilar bilan  birga Solijonobod, Boboqum, Do’rmon, "Aligavxarov-Langar" MMTP  hududlarida jami 564 gektar yer maydonlari foydalanishga kiritiladi. Ushbu yangi o’zlashtirilgan yerlarni 1 gektardan xonadonlarga ajratish  hisobiga 564 ta oilani bandligi ta'minlanadi.

Uchinchidan, tumandagi "Solijonobod-Mahmud" muqobil MTP hududida 2020 yil 17 iyulda “Qo’shtepa sara quyonlari” quyonchilik  yo’nalishidagi  ishlab chiqarish  kooperativi tashkil etiladi.

Mazkur kooperativni tashkil etish hisobidan 100 nafar “Temir daftar”ga kiritilgan kambag’al fuqarolar bandligi ta'minlanadi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tumandagi sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitib, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat  hokimiyati to’g’risidagi” Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi

QAROR QILADI:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20 avgust kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida  iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qo’shimcha zaxira yaratish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash,  xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  masalalari bo’yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo’yicha tuman sektor rahbarlari (hokim, prokuror, IIB boshlig’i, DSI boshlig’i)ning hisobotlari ma'qullansin.

2. Tumandagi sektor rahbarlari (hokim, prokuror, IIB boshlig’i, DSI boshlig’i)ga:

-mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 20  avgust kuni yangi tizim, tartib va yondashuvlar asosida iqtisodiy faollikni oshirish, qo’shimcha zahira yaratish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash,  tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha imkoniyatlarni tahlil  qilish va barcha imkoniyatlarni aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish bo’yicha belgilab bergan topshiriqlari ijrosini  ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.

3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish  masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va  kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i B.Tanikulov tuman aholi  bandligiga ko’maklashish markazi (M.Eminov) bilan birgalikda:

-2020 yil davomida tumanda muhtoj oilalardagi ishsizlarning  bandligini ta'minlash, shuningdek, har bir kambag’al oilaning muammolarini aniqlab, ular bilan manzilli ishlash, yangi tashkil  etiladigan ish o’rinlariga birinchi navbatda ushbu oilalarning a'zolarini joylashtirish bo’yicha sektorlar kesimida aniq, rejali ishlarni tashkil etsin;

-xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni o’rganish orqali ularni  to’liq ishga joylashtirish bo’yicha barcha choralarni ko’rsin.

4. Tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi (X.Ahmedov,  S.Nuriddinov) investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni 2020 yilda to’liq ishga tushirilishini ta'minlasin.

5.  Tuman hokimining qishloq va suv xo’jalagi masalalari bo’yicha  o’rinbosari F.Urinov tuman irrigatsiya bo’limi (A.Rahimov) va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 may kungi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat  xavfsizligini ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligini davlat tomonidan  qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4700-sonli qarori ijrosini to’liq ta'minlash chorasini ko’rsin.

6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i B.Taniqulov tuman Davlat  soliq inspeksiyasi (A.Xolboyev) hamda tijorat banklari (D.Hamroliyev,  N.Sharofiddinov) bilan birgalikda byudjet barqarorligini ta'minlash bo’yicha aniq, maqsadli chora-tadbirlarni belgilasin.

Bunda, pandemiya sababli, aylanma mablag’i yo’q hamda iqtisodiy nochor tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatlariga ko’maklashish masalalariga alohida e'tibor qaratsin.

7. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A.Xolboyev), tijorat banklari  (D.Hamroliyev, N.Sharofiddinov) koronavirus pandemiyasining  iqtisodiyotga salbiy ta'sirini yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlari va  tadbirkorlik sub'yektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarda soliq va bank idoralari oldiga qo’yilgan vazifalarni so’zsiz bajarilishini ta'minlasin.

8. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga o’z faoliyatlarini yanada kuchaytirish, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va shu orqali  shakllantirilgan qo’shimcha zaxiralarni aniqlash va ular sarflanishi  yuzasidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish tavsiya etilsin.

9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman  Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha” doimiy komissiyasi (S.Nuriddinov)  zimmasiga yuklatilsin.

Sessiya raisi:  Sh.SHAROPOV