Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori

×

 2020-08-27 10:06:55    3759

PDF yuklash
Chop etish


Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Haqiqatdan ham, bu hujjat yurtimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligining mustahkam huquqiy poydevori bo’lib xizmat qilayotir. Konstitutsiyamiz orqali bizga bilim olish, erkin kasb tanlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, orzu-istaklarimiz ro’yobini ko’rish kabi beqiyos huquqlar berildi.

Eng muhimi, bu huquqlar xalqimizni mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan buyon ulkan bunyodkorliklar va buyuk marralar sari ilhomlantirib kelmoqda.

Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin hayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklari va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me'yoriy xujjatlar uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamizda beshta asosiy tamoyil mustahkam belgilab qo’yilgan. Bular demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillaridir. Bu tamoyillar fuqarolarning o’z xohish - irodasini erkin bildirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyatni boshqarish ishlarida qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati organlarining saylovlar asosida shakllantirilishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi kabi shakllarda namoyon bo’ladi.

Konstitutsiyamizda shaxs, uning huquq va erkinliklari davlat manfaatlaridan ustunligiga, shuningdek, unda inson qadri, shaxs erkinligi va hayotini ta'minlovchi tabiiy imkoniyatlarni yuzaga chiqishiga alohida ahamiyat berilgan.

Konstitutsiyamizda shaxsning yoshi, millati, irqi, ijtimoiy ahvoli bilan bog’liq hyech qanday cheklashlar yo’q. Masalan, boshqa mamlakatlarning fuqarolikka ega bo’lish to’g’risidagi qonunchiligida kuzatishimiz mumkin bo’lgan til bilish va o’troqlik negizlari borasida ham cheklashlar yo’q, bundan qat'yi nazar, teng fuqarolik huquqi mustahkamlab qo’yilgan.

Bosh Qomusimizda insonning kundalik hayotdagi eng muhim ehtiyojlarini ta'minlovchi imkoniyatlar - yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik huquqi, sud jarayonida shaxsiy manfaatlarini himoya qilish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko’chish huquqi, fikrlash, e'tiqod va so’z erkinligi, vijdon erkinliklari qoida yo’li bilan kafolatlangan.

Konstitutsiyamizda ko’p yillik milliy davlatchiligimiz an'analari inobatga olinishi bilan birga, jahon konstitutsiyalarining tajribalaridan ham keng foydalanilgan. Shu yo’l bilan uning eng insonparvar, demokratik va adolatli Qonun bo’lishiga erishilgan.

Konstitutsiyamiz asosida qabul qilingan qonunlarning barchasi fuqarolarimizning munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga, insonparvar demokratik va fuqarolarning tinchligi va milliy totuvligi ta'minlangan davlat barpo etish yo’lida xizmat qilib kelmoqda. Ularning hayotga tadbiq etilishi natijasida davlatimiz milliy qonunchilik sohasida, mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta'minlashda, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishib kelinmoqda.

Shuning uchun ham Konstitutsiyani har qancha o’rganib, targ’ib qilsak foydadan xoli bo’lmaydi. Bizning maqsadimiz esa uning jamiyatdagi nufuzi va ahamiyatini, mazmun va mohiyatini fuqarolarning, ayniqsa yosh avlodning ongiga chuqurroq singdirishdir.

Albatta har bir o’zini anglagan, yurt ravnaqi va tinchligi, oilasi va farzandlari kelajagiga befarq bo’lmagan O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi Konstitutsiyaning mazmuni va mohiyatini keng targ’ib qilish ishlarida o’z hissasini qo’shishi, chin ma'noda shu yurtning asl farzandi sifatida va bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanmog’i shart desak mubolag’a bo’lmaydi.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz - baxtimiz poydevori, buyuk kelajagimizni qurish va mustahkamlashda dasturil amal bo’ladigan  beqiyos xujjatdir.

S.Mahkamov,

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi xodimi.