Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QOIDAGA AMAL QILIB, OGOH VA HUSHYOR BO’LSAK, ASLO DOG’DA QOLMAYMIZ
2020-08-20 11:16:10 215
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Oybek MURODOVning karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qat'iy rioya etishlari zarurligi, karantin qoidalariga rioya qilgan holda yashash va ishlash, sog’lom turmush tarziga amal qilish hamda to’g’ri ovqatlanish, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining o’z vaqtida va sifatli ko’rsatilishini tashkil etish masalalari yuzasidan axboroti va
TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI
COVID-19 insoniyatni qat'iy cheklovlar asosida yashashga majbur qilmoqda. Mamlakatimiz hududida koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida Davlatimiz rahbari boshchiligida ilk kunlardanoq barcha zarur chora-tadbirlar ko’rilib, tizimli ravishda ish tashkil etildi. Bosh vazir rahbarligida xukumat komissiyasi tuzilib kunu tun faoliyat olib bormoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 26 martdagi O’zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori, Sog’liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 fevraldagi buyrug’i asosida tumanimizga qaytgan 477 nafar mehnat migrantlari hamda ularning oila a'zolarini 14 kunlik tibbiy nazoratga olindi. Mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilari, uchastka nozirlari, tibbiyot xodimlari hamkorligida karantin qoidalari nazorat qilib borildi. Hozirgi kunda bemorlar bilan muloqotga shubha qilingan to’rt nafar, ularning 20 nafar oila a'zolari, jami bo’lib 24 nafar fuqarolar uy karantinida.
Tumanda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni olti nafar bo’lib, hammasi statsionar sharoitda davolandi. Yuqumli kasalliklar bo’limida tashkil etilgan provizor bo’limida 13 nafar gumondorlar davolanib chiqdi. Ularning ikki nafari Rishton tumani 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o’tkazildi.
Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan mahalla fuqarolar yig’ini kesimida 28000 dona, tibbiyot birlashmasi tomonidan 3000 dona COVID-19 infeksiyasi bo’yicha aholi uchun eslatmalar tarqatildi.
Tumanimizda ko’p tarmoqli markaziy poliklinika, qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlarida 10 ta mobil brigadalar tashkillandi.
Viloyat hokimligi tomonidan 5 dona mobil telefon va 3 oylik to’langan 175 dona sim kartalar bilan ta'minlandi. Bu telefonlar orqali tumandagi barcha KTMP, QOP, QVP, SHXU, TTYO shoxobchalari har bir oilani ONLAYN tarzda patronaj hamshiralar hudud aholisi holatini telefon orqali nazorat qilib bormoqdalar. Langar shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo’limi qoshida maxsus moslashtirilgan poliklinika tashkillanib, uning faoliyati 24 soat qilib belgilangan. Mobil brigadalar har qanday shubhali yoki aniqlangan bemorlarni maxsus poliklinika orqali ambulator yoki shifoxona sharoitida davolanishini belgilab bermoqdalar. Tumandagi 1 va 2-IDUMI binolarida 150 o’rinli joy zaxira uchun sanitariya qoidalari talablariga mos ravishda jihozlanib, tayyorlab qo’yildi.
Yuqumli kasalliklar bo’limi qoshida maxsus poliklinika tashkillandi, reanimatsion muolajalar o’tkazish uchun 4 ta IVL apparati, 2 dona kislorod kondensator, 4 dona pulsoksimetr hamda mobil brigadani chaqiruvlarga chiqish uchun alohida tez tibbiy yordam avtomashinasi ajratildi.
AZIZ QO’SHTEPALIKLAR!
15 avgustdan boshlab karantin qoidalari yumshatilishi munosabati bilan quyidagi tavsiyalarga qat'iy amal qilib borishlaringizni so’rayman:
*Zarurat yuzasidan ko’chaga chiqqaningizda, albatta, tibbiy niqob taqishingiz va odamlar bilan 2 metrdan kam bo’lmagan holda ijtimoiy masofa saqlashingiz shart.
*Qayerda bo’lishingizdan qat'iy nazar, yuz va qo’llarni tez-tez oqar suvda sovunlab yuving, zararsizlantiruvchi suyuqliklardan foydalaning, ko’zingizni qo’lingiz bilan aslo ishqalamang.
*Yo’talsangiz, aksirsangiz og’izni dastro’mol, salfetka bilan yoping.
*Ovqatlanish ratsioniga amal qiling. Yangi uzilgan sabzavotlar, ko’katlar, mevalarni yuvib, ko’proq iste'mol qiling, ular immun tizimni mustahkamlaydi.
*Sinalmagan dorilar, turli-tuman vositalarni o’zingizcha ichmang, shifokor maslahatisiz o’zingizni davolamang.
*Quruq yo’tal, tomoq og’rig’i, nafas qisishi va istima kuzatilsa, zudlik bilan tez yordamga yoki shifokorga murojaat qiling.
*Patronaj hamshiralar telefon orqali murojaat qilganda o’zingiz va oila a'zolaringiz sog’ligi haqida aniq va to’g’ri ma'lumot bering.
Shundagina fuqarolarimiz o’zini, oilasini, yon-atrofdagilarini infeksiya yuqtirishdan saqlagan bo’ladi.