Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Korrupsiya taraqqiyot to’sig’i
2020-08-19 12:00:50 287
Ilk fuqarolik jamiyati paydo bo’lgan davrlardan buyon “korrupsiya” degan tushuncha va illat ham paydo bo’ldi. Jamiyatda insonlar o’z shaxsiy muammolarini yechimini topishda va o’z huquqlarini amalga oshirishda turli xildagi to’siqlarga uchraganda, ushbu to’siqlarni bartaraf etish uchun davlat idoralariga murojaat qiladi. Va o’z-o’zidan turli darajadagi amaldorlar tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish evaziga har xil ko’rinishdagi sovg’a-salomlar olish xolatlari vujudga kela boshlaydi.
Asrlar davomida ushbu illat barham topish o’rniga, tobora rivojlanib, o’zining rangbarang ko’rinishi bilan jamiyat rivojiga g’ov bo’lib kelmoqda. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiy etgan, axborot texnologiyalari rivojlanib, fuqarolar o’z huquq va burchlarini anglab borayotgan bir davrda korrupsiyaning yanada avj olishi havotir xissini uyg’otishi tabiiy albatta.
Bugungi kunga kelib, jahonning barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida korrupsiyaning olini olish va chek qo’yish bo’yicha qonunlar qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlarning o’zaro hamkorligi yuzasidan xalqaro bitimlar imzolangan, bu illat bilan ayovsiz kurash olib borilib, keskin choralar qo’llanilayotgan bo’lsada, ming afsuski korrupsiyani ildizi bilan qo’porib tashlashning uddasidan chiqilganicha yo’q va yaqin vaqt ichida buning uddasidan chiqilmasa kerak.
Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishning o’zi kamlik qiladi. Buning uchun, eng avvalo fuqarolar ongida “korrupsiya”ni asl mohiyatini, uning jinoyat ekanligi, davlat va jamiyat tanasiga tushgan qurt bo’lib, uni rivojlanishdan to’xtatadigan va yemirib bitiradigan, o’z vaqtida oldi olinmasa o’ta og’ir oqibatlarga olib keladigan kassallik sifatida qarashni shakllantirish lozim. Korrupsiyaga nisbatan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak. Qaysi soha bo’lmasin o’z faoliyatini ochiq va shaffof hamda xolislik tamoyiliga asosan olib borishi zarur bo’ladi.
Taklif sifatida, korrupsiyaga oid jinoyatlarga nisbatan “davlatga xoinlik” jinoyati kabi huquqiy baho berilishi, ushbu illat bilan bog’liq jinoyatlarga nisbatan jazoni qo’llash tizimini yanada og’irroq darajaga ko’tarish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa o’rnida, korrupsiyaga qarshi kurashishga faqatgina davlat organlari va tegishli tashkilotlarning ishi sifatida qarashlardan voz kechib, o’z vatani va oilasi hamda jamiyatining kelajagiga befarq bo’lmagan har bir insonning muqaddas, har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi sifatida yondashilgan taqdirda, bu jinoyatning kelgusida yanada ildiz otib ketishini oldini olish mumkin bo’ladi.
S.Maxkamov,
Qo’shtepa tumani adliya bo’limi xodimi.