Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Hokim qabuli: har bir murojaat- e'tiborda!
2020-08-18 15:51:00 255
Bugun 18 avgust kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan o’tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulida har bir murojaatga diqqat bilan e'tibor qaratib kelinmoqda.
Karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda o’tkazilgan bugungi qabulda ham fuqarolar o’z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildilar. Qabul jarayonida tuman hokimi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan ushbu qabulda 50 nafardan ziyod fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar tushdi. Fuqarolarning ushbu muammolari tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.
Aksariyat murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bugun o’z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilgan ayrim fuqarolar bilan suhbatlashdik.
- Tuman hokimiga ishga joylashish masalasida yordam so’rab murojaat etdim - deydi Gulsora To’ychiyeva. - Yo’ldoshobod mahallasida yashayman. Meditsina kollejini 2011 yilda tamomlaganman. Oiladagi ayrim muammolar tufayli o’z soham bo’yicha ishlay olmadim. Xozirgi pandemiya sharoitida ishlash uchun murojaat qilgan edim. Sentyabr oyidan mahallada patronaj hamshirasi bo’lib ishlaydigan bo’ldim. Bu ish o’rni pandemiya sharoitida vaqtincha yaratilgan bo’lsada, men bundan mamnunman. Xozirgi murakkab vaziyatda oilamga vaqtincha bo’lsa ham daromad olib kiradigan bo’ldim.
Shuni alohida takidlash kerakki, bugungi qabulda Gulsora To’ychiyeva kabi hamshiralik sohasi bo’yicha ish so’rab murojaat etgan yana ikki nafar xotin-qizlarimizga ham tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan patronaj hamshiraligi ishi taklif qilindi.
Yana bir fuqaromiz Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Rahmatullo Madaminov kredit olib, yangi ishchi o’rni yaratish maqsadida tuman hokimiga murojaat etdi. O’z navbatida tuman hokimi I.Novikov ham Rahmatullo Madaminovning rejalari bilan qiziqib ko’rdi. Qisqacha bo’lib o’tgan samimiy suhbatdan so’ng tadbirkorning muammosi “Agrobank” ATB Qo’shtepa filiali tomonidan o’rganiladigan va unga yordam beriladigan bo’ldi.
Bugungi qabul jarayonida fuqarolardan tushgan murojaatlar ijrosi bo’yicha tuman hokimi tomonidan hokim o’rinbosarlariga, tumandagi tegishli tashkilot va idoralarning mutasaddilariga topshiriqlar berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.