Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Paxta-2020” yig’im terim mavsumi uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda

×

 2020-08-17 15:23:56    311

PDF yuklash
Chop etish


2019 yili qo’shtepalik fermerlar respublikada birinchilardan bo’lib paxta tayyorlash shartnoma rejasini bajargan edilar. Bu yil ham fermerlarimiz mo’l-ko’l hosil yetishtirishga xarakat qilmoqdalar.

Joriy yilda yetishtirilgan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda sifatli qilib terib olish, terimga fermer xo’jaligi a'zolarini va uyushmagan aholini ko’ngilli tarzda jalb etish bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilmoqda.

Bu yilgi paxta mavsumida fermer xo’jaliklari tomonidan 7240 gektar maydondan 20 ming 700 tonna paxta topshirishga shartnoma tuzilgan. Ayni damlarda tajribali fermerlarimiz dalalarida shartnomani oshirib bajaradigan darajada hosil to’plandi.

Qo’shtepa tumanida paxta yig’im-terimini tizimli tashkil etish bo’yicha 110 ta terim otryadlari shakllantirilib, otryadlarga jami 11 ming nafar terimchilar ixtiyoriy ravishda biriktirildi. Terimchilarning 5800 nafari fermer xo’jaligi a'zolari bo’lsa, 5200 nafarini uyushmagan aholi vakillari tashkil etadi.

Hasharchi terimchilar sonidan kelib chiqib, 21 ta yotoq joylari terim mavsumiga tayyorlanadi. Terim otryadlariga 175 ta transport traktori va 215 ta tirkamalar birkirildi. Shuningdek, ularga 430 ta yopinchiq, 30 ming ta fartuk, 110 ta tarozi, qozon-o’choq, samovar, suv saqlash baklari yetkazib beriladi.

Terimda otryad usulining foydasi katta ekani barchamizga ma'lum. Shuning uchun tumanda 110 ta terim otryadi tashkillandi. Kuni kecha Qumtepa paxta punkitida paxta yig’im-terim mavsumiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda otryad rahbarlariga bir million so’mdan pul berildi va terim davrida karantin qoidalariga kat'iy rioya qilish ta'kidlandi.

Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, qishloq xo’jaligiga dahildor tashkilotlar mutasaddilari ishtirokidagi taraddud tadbirida yetishtirilgan paxta hosilini tez va sifatli yig’ib olib, o’tgan yilgi natijalarga erishish haqida kelishib olindi.

Darhaqiqat, Qo’shtepa tumanida bu yilgi terim mavsumiga puxta xozirlik ko’rilmoqda. Paxta qabul qilish maskanlari mavsumga taxt xolga keltirildi. Jumladan, 1 ta klaster korxonasi tarkibida 3 ta paxtani qabul qilish maskanlari, ulardagi 64 ta g’aram maydonlari, 23 ta paxtani uzatish mexanizmlari, 24 ta transportyorlar, 10 ta laboratoriya jihozlari, 3 ta o’t o’chirish nasoslari, 9 ta suv xovuzlari ta'mirlandi.

Bir so’z bilan aytganda, tumanimizning boshlanajak ulkan xirmoniga tayyorgarlik ishlari ko’ngildagidek tashkil etilgan. Bu esa o’z navbatida dehqonlarimiz tomonidan mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yog’in-sochinli kunlarga qoldirmasdan yig’ishtirib olish imkonini beradi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.