Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Qo’shtepa tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam puli tarqatilmoqda
2020-08-13 20:07:56 275
Barchamizga ma'lumki koronavirus pandemiyasi sababli bir qancha kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarning daromadlari kamaydi. Mana shunday qiyin va sinovli davrlarda Yurtboshimiz tashabbuslari bilan barcha tuman va shaharlarda “Temir daftar”lar ochilib, ehtiyojmand oilalar ro’yxati shakllantirildi va ularga moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatish tizimli yo’lga qo’yildi.
Prezidentimizning 2020 yil 30 iyuldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra, joriy yilning 15 avgustiga qadar "Temir daftar"ga kiritilgan har bir oila a'zosiga 220 ming so’mdan berish belgilangan.
Ana shunday savobli ishlar Qo’shtepa tumanida ham davom etmoqda.
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov sektor hududidagi mahallalarda bo’lib, ehtiyojmand oilalarga davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mablag’larini topshirmoqda.
Ushbu Farmonga asosan, bugun 1-sektor hududidagi Sohibkor, Soy bo’yi, Karnaychi, Qiyqi va Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inlaridagi 122 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi 515 nafar fuqarolarga bir martalik moddiy yordamlar ko’rsatildi. Bundan tashqari tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlarining tashabbuslari bilan aholini tadbirkorlikka yo’naltirish hamda tumanda quyonchilik sohasini rivojlantirish maqsadida temir daftarga kiritilgan kam ta'minlangan oilalarga subsidiya asosida nasilli quyonlar yetkazib berilmoqda.
Bugun 1-sektor kesimida 113 million 300 ming so’m pul tarqatildi
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.