Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«Yoshlar parlamenti»ga munosib yoshlar saylandi
2020-08-13 16:51:21 252
Respublikamizning barcha tuman-shaharlarida bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a'zoligiga saylovlar yuqori darajada tashkil etildi.
5 ta siyosiy partiyadan yuksak ma'naviyatli, siyosiy ongi va tafakkuri teran eng kuchli yoshlar nomzod sifatida ko’rsatildi.
Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a'zoligiga Qo’shtepa tumanidan Abduxamidov Elmurodjon Dilmurodjon o’g’li saylandi.
U hozirgi kunda O’zXDP Qo’shtepa tuman kengashi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Elmurodjon Abduxamidovga o’z dasturlari bilan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishdek maqsadlarini amalga oshirishida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.