Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Poraxo’rlik, tovlamachilik, firibgarlik, talon-taroj qilish va qalbakilashtirish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi

×

 2020-08-06 12:43:58    314

PDF yuklash
Chop etish


Pora olish - mansabdor shaxsning o’z xizmat mavqyeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o’zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olish yoxud mulkiy manfaatdor bo’lish

Ushbu qilmish:

·       BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima

·       2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash

·       5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Takroran, ko’p miqdorda, ta'magirlik yo’li bilan yoki bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa

·       5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Juda ko’p miqdorda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa,

·       10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tovlamachilik - jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo’rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo’lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo’rqitib

·       mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni

·       mulkiy manfaatlar berishni

·       mulkiy yo’sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish

·       jabrlanuvchini o’z mulki yoki mulkka bo’lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solish.

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

·       3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash

·       3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Tovlamachilik og’irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda

·       10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Firibgarlik - bu o’zganing mulkini yoki mulkga bo’lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo’li bilan qo’lga kiritish

Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

·       BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

·       2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

·       1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

·       3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, firibgarlikning takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og’irlashishi mumkin.

Qalbakilashtirish - soxtalashtiruvchining o’zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi jinoyat deb topiladi.

Ushbu qilmish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish

·       BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima

·       300 soatgacha majburiy jamoat ishlari

·       2 yilgacha axloq tuzatish ishlari

·       2 yilgacha ozodlikni cheklash

·       2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi.