Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlar huquqi qonun himoyasida

×

 2020-08-04 16:57:36    211

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2020 yil 24 iyul kungi PF-6034-sonli farmoni Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida yana bir muhim qadam bo’ldi.

Prezidentimiz farmoni bilan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirishga alohida to’xtalib o’tilgan.

Sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo’lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqiladi.

Farmonning 3-bandida, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko’rish bo’yicha sudlov tarkibi tuzildi.

Sudlov tarkibiga investitsiya kiritilgan sanada yigirma million AQSh dollari ekvivalentidan kam bo’lmagan miqdorda investitsiyani amalga oshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar (keyingi o’rinlarda - yirik investorlar) va davlat organlari o’rtasida yuzaga keladigan investitsiyaviy nizolar hamda raqobatga oid ishlarni ko’rish vakolati berildi.

Investitsiyaviy nizolar bo’yicha yirik investorlarning, raqobatga oid ishlar bo’yicha taraflarning xohishiga ko’ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita Sudlov tarkibi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko’rish, qolgan investitsiyaviy nizolar investorlarning xohishiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko’rilishi mumkinligi belgilandi.

Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta'minlash, tadbirkorlarni iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko’rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta'minlash mexanizmlari kengaytirildi.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlanishi  fuqarolar, investorlar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Mamlakatimizda investitsion muhitni yanada yaxshilanishiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi  2020 yil 24 iyul kungi PF-6034-sonli qarori  bilan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari etib belgilangan.

Q.Abdullayev,

Qo’shtepa tuman ma'muriy sudi raisi.