Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuv mashinasi berildi
2020-07-30 09:04:37 253
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush tarzini o’rganish, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlarini tahlil qilish hamda jamiyatdagi o’rnini oshirish, mavjud muammolarini hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi ijtimoiy-ma'naviy muhit o’rganildi. Shunga asosan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda viloyat hokimligi tomonidan tumandagi 15 nafar boquvchisini yo’qotgan, og’ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga uy sharoitida doimiy daromad manbaiga ega bo’lish imkoniyatini yaratish maqsadida 15 ta tikuv mashinalari topshirildi. Endilikda ushbu xotin-qizlar uy sharoitida tikuvchilik bilan shug’ullanishadi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati