Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KORONAVIRUS YENGIL KECHISHINING ASOSIY BELGILARINI BILIB OLING
2020-07-22 14:27:56 223
AOKA huzuridagi shtabda bo’lib o’tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva aholidan tushgan savollarga asosan “Koronavirus yengil kechishining asosiy belgilari” haqida javob berdi.
Unga ko’ra, quyidagi klinik ko’rinishlar COVIDning yengil kechishidan dalolat beradi:
- Tana haroratining 38 darajagacha ko’tarilishi (ba'zi hollarda ko’tarilmasligi ham mumkin);
- holsizlik;
- yo’tal;
- burun oqishi;
- tomoq og’rishi,
- ko’ngil aynishi,
- ich ketishi,
- suyak va mushaklarning qaqshab og’rishi,
- bosh og’rig’i,
- ta'm va hid bilmaslik kabi simptomlar kiradi.