Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Masofadan ishlash tartibidan habardormisiz?
2020-07-18 17:21:44 279
Karantin davrida xodimlarni masofaviy ishlash usulida ishlashga o’tkazishning vaqtinchalik tartibi
Masofadan ish - xodimning mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, bevosita yoki bilvosita nazoratida bo’lgan doimiy ish joyi, hudud yoki ob'yektdan tashqarida bajariladigan ish usulidir.
Karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida ishlashga o’tkazishi mumkin. Masofaviy ishga vaqtinchalik o’tkazishda bu haqda muddti ko’rsatilgan buyruq chiqariladi.
Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi. Ulardan keyin, boshqa xodimlar masofaviy ishlash tartibiga o’tishi mumkin.
Xodimning mehnatiga haq to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:
soatbay asosida - xodimning masofaviy ishga o’tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;
ishbay asosida - o’rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.
Ish beruvchi va xodim o’rtasida ilgari tuzilgan mehnat shartnomasiga tegishli o’zgartirish kiritiladi. Shartnomada masofaviy ishlash davridagi mehnat shartlari kelishib olinadi.
Bunday holda, xodim ishlab chiqarish topshirig’ining hajmi va mehnat shartnomasida ko’rsatilgan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda ish vaqti va davomiyligini mustaqil belgilaydi.
Xodimlarning quyidagi huquqlari saqlab qolinadi:
· mehnat ta'tili
· vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqa olish
· qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari.
Masofaviy ishga o’tkazish yuzasidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o’zgartirishda, mehnatning boshqa shartlari bilan birga quyidagilar ham ko’rsatiladi:
· elektron hujjat almashinuvi bo’yicha o’zaro aloqa tartibi;
· xodimga ish uchun zarur bo’lgan jihozlar, texnika vositalaridan foydalanish tartibi;
· xodimni aloqa vositalari bilan ta'minlash, internet tarmog’idan foydalanish;
· xodimga ish beruvchi tomonidan berilgan jihozlar buzilganda zararni qoplash bo’yicha shartlar;
· xodim shaxsiy jihoz, texnika vositalaridan, internetdan foydalanganda xarajatlarni qoplash tartibi;
· xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo’yicha majburiyatlari;
· ishlab chiqarish zaruriyati tug’ilganda xodimni doimiy ishga o’tkazish shartlari.
Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.