Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mutaxassis qayg‘uradi

×

 2020-07-14 14:04:59    198

PDF yuklash
Chop etish


Karantin talablariga rioya etmaslik qimmatga tushyapti

Keyingi paytlarda  mamlakatimizda  koronavirus  infeksiyasini  yuqtirib olish  holatlari  tez-tez  uchrab,  o’lim  holatlari  ham  ko’payganidan  xabar-dorsiz.  Nega  shunday  bo’ldi?  Boisi,  fuqarolar  karantin  talablariga  rioya etishda o’ta beparvolik qilishdi. Bozorlar, odamlar gavjum joylarda ijti-moiy masofa saqlamadilar. To’y va boshqa marosimlarda belgilangan marom-larga rioya etmadilar. Bu, Respublika maxsus komissiyasining 10 iyuldan 1 avgustgacha yana qaytadan karantin cheklovlarini joriy etishiga sabab bo’ldi.

10 iyuldan  boshlab  respublika bo’yicha avtotransport vositalari harakatlari cheklandi. Madaniy ko’ngilochar, to’y va boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o’tkazish taqiqlandi. Park va istirohat bog’lari  faoliyati  to’xtatildi.  Buyum  bozorlari va  buyumlar  savdosi bilan shug’ullanuvchi yirik  do’konlar  yopildi.  Sport zallari, fitnes klublari, trenajyor va basseynlar, barcha turdagi  maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari, o’quv kurslari, har qanday to’garaklar  faoliyati  to’xtatildi. Sanatoriy va pansionatlar, bolalar oromgohlari ishlamaydi. Yoshi ulug’lar, oltmish besh yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida yurishi, ko’chalarda uch kishidan ortiq bo’lib harakatlanish cheklab qo’yildi.

Karantin cheklovlari doirasida tumanimizda ham uchta joyda postlar tashkil etilib, ularga markazimiz zararsizlantirish bo’limi xodimlari biriktirildi. Ular tuman hududiga avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilib o’tkazmoqdalar. Tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda barcha mahalla fuqarolar yig’inlariga jamoatchilik asosida ishchilar olinib,  joylarda  zararsizlantirish  tadbirlari o’tkazilyapti. Davolash profilaktika muassasalariga epidemiolog vrachlar biriktirilib, ular isitmali bemorlar, chetdan kirib kelgan fuqarolar bo’yicha profilaktik nazorat olib boryaptilar.

Aziz  hamqishloqlar,  xalqimizda  asranganni Alloh ham asrar, degan gap bor. Siz karantin qoidalariga amal qilib, o’zingizni asrasangiz, unutmang,  yaqinlaringizni, hamkasblaringizni, atrofingizdagilarni, butun yurtimizni asragan bo’lasiz. Zarurat bo’lmaganda ko’chaga chiqmaganingiz  ma'qul.

Ishga borishda karantin qoidalariga qat'iy amal qilib, niqob, qo’lqop, iloji bo’lsa, ko’zoynak taqing. Uyga qaytganda qo’lingizni kamida 20 soniya sovunlab yuvib, kiyimlaringizni  almashtirib,  yuvishga  tashlang.

Telefon  va  boshqa  buyumlaringizni  antiseptik  vositalar  bilan  tez-tez  artib  turing.

Ilhomjon MADUMAROV,

tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh hakimi.