Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi Abduxoshim Axmadaliyevning koronavirus pandemiyasi tufayli karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan yurtdoshlarimizga MUROJAATI

×

 2020-07-14 11:18:37    221

PDF yuklash
Chop etish


Hamjihat bo’lib ish tutaylik, sabrli bo’laylik

Butun xalqimiz uchun sinov davri bo’lgan bugungi kunda ahil va hamjixat bo’lib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, virus balosi talofatlarini kamaytirish, sinovli kunlardan eson-omon o’tib olishga harakat qilishimiz muhimdir.

Har qanday yaxshi-yomon ish, insoniyat boshiga yog’iladigan balolar yaratganning amri bilan yuz beradi. Bundan qochib-qutilib bo’lmaydi. Shunday bo’lsa-da, qator oyatu hadislarda Alloh taoloning o’zini asragan bandalarini asrashga va'dasi bor.

Oisha roziyallohu anho onamizdan shunday rivoyat keltiriladi: “Men Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan to'un (vaboni eng yuqori cho’qqiga chiqqan vaqti) haqida so’radim. Shunda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam u Alloh taoloni bandalariga oldin yuborgan azobi bo’lib, hohlagan bandasiga yuborar edi, lekin mo’min musulmon bandalariga Allohning rahmatidur kimki vabo tarqalgan vaqtda o’z shahrida yoki o’z uyida sabr qilib, savob umid qilgan xolda va unga Alloh taolo yozgan narsadan boshqa narsa yetmasligiga ishongan xolda o’tirsa unga shahidning ajri barobarida savob beriladi dedilar”(Imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisi sharifdan ma'lum bo’ladiki, vabo xastaligiga o’xshash turli kasalliklar tarqalgan vaqtda o’sha yurt fuqarolariga kasallikdan o’zlarini ehtiyot qilishlik, asrashlik uchun zarur choralar ko’rishlari, eng asosiysi, o’z shahri va o’z uylarida qolishliklari hamda u bandaga taqdirda Alloh taolo yozgan narsadan boshqa narsa yetmasligiga e'tiqod ila ishonish kerakligi aytiladi. Agar mana shu amalni ado etib, ya'ni har bir banda o’z shahrida, o’z uyida sabr bilan o’tirib, savob umidida bo’lsa, o’sha kishi shahidlarga beriladigan ajrga ega bo’lishligi zikr etiladi.

Shunday ekan, har birimiz hozirgi sinovli kunlarda xukumatimiz tomonidan joriy etilgan qoidalarga, karantin tartiblariga rioya etishimiz, uydan chiqmaslikka harakat qilishimiz zarur. Agar zarurat yuzasidan uydan chiqsak ham albatta, himoya niqoblarini taqib yurishimiz lozim.

Koronavirus insoniyatning kasallikni cheklash bo’yicha imkoniyatlari cheklanganligini, umuman, Yaratganning turli ofatu balolari oldida ojiz ekanligini eslatib qo’ydi. Shunday ekan, bu kunlar biz uchun jiddiy imtihon ekanligini anglab, hamjihat bo’lib ish tutaylik, sabrli bo’laylik. Tavba qilib, Alloh taolodan virus balosini tezroq daf etishini so’rab duo qilaylik.

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.