Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
STATISTIKA: O’zbekistonda qancha odam pensiya oladi?
2020-07-14 10:24:25 237
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mamlakatimizda pensiya va nafaqa oluvchilarning sonini e'lon qildi.
Bu haqda jamg’arma matbuot xizmati xabariga ko’ra, 2020 yil 1 may holati bo’yicha Pensiya jamg’armasi hisobida turuvchi pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 million 734 ming 230 nafarni tashkil qilmoqda.
Hududlar kesimida hisoblanganda ularning eng ko’p - 13,3 foizi Toshkent shahriga, 12,3 foizi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich Toshkent, Buxoro, Farg’ona, Sirdaryo, Andijon, Xorazm viloyatlarida 11 foiz va undan ko’proqni tashkil qiladi. Boshqa hududlarda esa 9 foizdan 10 foizgacha.
Eslatib o’tamiz, bugungi kunda pensiyalarning o’rtacha miqdori 747 ming 480 so’mni tashkil etmoqda. 1991 yil 1 yanvardagi ma'lumotda 2 million 158 ming 995 nafar pensiya va nafaqa oluvchi qayd etilgan.