Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Subsidiya - aholi uchun qulay imkoniyat

×

 2020-07-10 11:42:59    280

PDF yuklash
Chop etish


Tan olish kerak, aksariyat aholi vakillari subsidiya haqida unchalik tasavvurga ega emas. Mana shunday holatlarni xisobga olgan holda yangi uy-joy sotib olish istagida yurgan lekin hamyoni biroz “ko’tarmayotgan” fuqarolar uchun ayni muddao deyish mumkin. Keling, quyida biz subsidiya nima, kimlarga berilishi mumkin, murojaat qilish tartiblari qanday,qayerga va qaysi xujjatlar bilan boriladi... kabi  dolzarb savollarga javob izlaymiz.

Subsidiya o’zi nima?

Subsidiyalar - daromadi yuqori bo’lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang’ich badal yoki kredit foiz to’lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan qaytarib berilmaydigan mablag’ xisoblanadi.

Boshlang’ich badal haqida harqalay tasavvurga egamiz, ya'ni bu birlamchi bozordagi yangi qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan pullar. Shahar va qishloq joylarda ularning qiymati har xil bo’lishi tabiiy.

Subsidiya, shuningdek ipoteka krediti bo’yicha foizlarni qoplash uchun ham berilishi mumkin.

Bunda qishloq joylarda - birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo’yicha foiz to’lovlari bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun - 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to’lanadi.

Subsidiya olish uchun arizani Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda berish mumkin.Bu boradagi arizalar joriy  yilning  1 oktyabriga qadar qabul qilinishi belgilangan.

Subsidiyalar kimga beriladi?

Mazkur mablag’lar faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo’lgan oilalar, og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa O’zbekiston fuqarolariga ajratiladi. Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak. Agar fuqaro mehnat migranti bo’lganda, uning nomidan oila a'zolari ham ariza berishi mumkin.

Subsidiya va arzon uylar qanday farqlanadi?

E'tibor bering! Subsidiyalar uylarni bozor narxida xarid qilishga beriladi. Ya'ni, subsidiya bilan arzon uy-joylar bir biriga umuman aloqasi yo’q bo’lgan toifadagi tushunchalar xisoblanadi. Shuningdek, subsidiyalarga tegishli Farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilgani yo’q! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari bo’yicha qonunchilikka o’zgartirish kiritilmagan.

Arzon uy-joy uchun navbatlaringiz DXMlar orqali o’zgartirilmaydi. Ushbu masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim.

Subsidiya olishda ball berish tizimi nima degani?

Subsidiya - bu bo’yicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablag’i beriladi degani emas. Buning uchun bir qator talab va holatlarga javob berish lozim.Avvalambor mas'ul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar bo’yicha ball beradi.

Mas'ul organlar - ichki ishlar bo’limi, moliya bo’limi, davlat soliq inspeksiyasi, bandlikka ko’maklashish markazi, kadastr korxonasi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman (shahar) hokimliklari, ishtirok etuvchi tijorat banklari. Bularning hammasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni haqqoniy ekanligini tekshirish uchun kerak.

Ijtimoiy mezonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball to’plash uchun mezonlarga talabgor  yoki uning oilasi daromadi  (shahar va qishloq joylari uchun alohida ko’rsatkichlar belgilangan), turar joy maqomi,ijara yoki shaxsiy mulk, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lganlar, shuningdek, oilada nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar inobatga olingan. Subsidiya tartib bo’yicha ball to’plaganlarga beriladi.

Subsidiya olish uchun qanday ma'lumotlarni taqdim etish kerak?

- pasport;

- oila a'zolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to’liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo’lganda) va farzandlarining tug’ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo’lsa) nusxasi;

- nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to’g’risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to’g’risida FHDYO organlari arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);

- doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma'lumotlar;

- doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo’yicha) nusxasi;

- ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma'lumotnoma (qo’shimcha daromadlar bo’lsa soliq deklaratsiyasi).

Ariza yakunlari bo’yicha talabgorga ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro o’zining tanloviga ko’ra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlang’ich badal yoki kredit foiz to’lovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablag’ shaklida olishi mumkin bo’ladi.

Yana nimalarga e'tiborli bo’lish kerak?

 Agar talabgor ipoteka shartnomasi bo’yicha shartnoma majburiyatlarini (to’lovlarni) surunkali ravishda bajarmasligi oqibatida ipoteka shartnomasi bekor qilinsa, shartnoma bo’yicha undiriladigan mablag’lar, shu jumladan, ajratilgan subsidiyalar garovdagi uy-joy sotilishidan to’liq ravishda qaytariladi.

Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib tayyor natijani taqdim etishga vakolatli. Qolgan masalalar, ya'ni kimga, qaysi hamda qancha miqdorda subsidiyalar ajratishni tashkil etiladigan komissiya tomonidan hal qilinadi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazi aralashmaydi. Subsidiyalar bir oilaga faqat 1 marta beriladi.

E'tibor bering va imkoniyatdan foydalanishga harakat qilib ko’ring!!! Subsidiya olishda korrupsion vaziyatlarga, tanish-bilishchilik holatlarga aslo yo’l qo’yilmaydi. Buning iloji ham yo’q. Chunki maxsus komissiya turli tashkilot vakillaridan iborat bo’lib, ularning har birlari o’zining yo’nalishi bo’yicha talabgorlarga ball berishda mas'uldirlar.

Ra'no BOYQO’ZIYEVA,

DXA viloyat boshqarmasi boshlig’i.