Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUBSIDIYALAR QANDAY MAQSADLAR UCHUN AJRATILADI?

×

 2020-07-09 17:05:09    485

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 martdagi PQ-4227-son «2019 yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha davlat buyurtmasi to’g’risida»gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 may, 19-2019-B-son buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, Qo’shtepa tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan «Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida»gi qonunga muvofiq ishsiz shaxslar - o’n olti yoshdan to pensiya bilan ta'minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslarga quyidagi maqsadlarda subsidiya va grantlar ajratish belgilangan:

-aholi bandligiga ko’maklashish markazida ro’yxatdan o’tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga - yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, tadbirkorlikka o’qitish va kredit olishda sug’urta polisi to’lovi uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to’lash;

-ish beruvchilarga - aholi bandligiga ko’maklashish markazlari yo’llanmasi bo’yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun - har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining

4 baravari miqdorida to’lovni amalga oshirish;

-ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq to’lash;

-kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo’jaligi birlashmalari ustav fondiga (jamg’armasiga) ulush sifatida kiritish uchun - har bir a'zoga (oilaga) bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to’lash;

yengil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish, urug’liklar, ko’chatlar va sug’orish vositalari xarid qilish uchun - «Tomorqa xizmati» MCHJ, aholi bandligiga ko’maklashish markazi va tomorqa yer egalari o’rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha bo’lgan miqdorda to’lash belgilab qo’yilgan.

Shu kunga qadar Qo’shtepa tumani Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi kam ta'minlangan

79 nafar fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun 228,4 mln so’m, 7 nafar fuqarolarga sug’orish vositalari xaridi uchun 12,0 mln so’m, aholi bandligiga ko’maklashish markazida ro’yxatdan o’tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi 23 nafar ishsiz fuqarolarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun 4,0 mln so’m mablag’lar jamg’arma mablag’lari hisobidan qoplab berildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish istagini bildirgan ishsiz, kam ta'minlangan (mahalla fuqarolar yig’inlari tomonidan temir daftarga hisobga olingan oilalarning a'zolari tomonidan tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga yozma murojaat qilishlari shart.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining 30.04.1998 yildagi

600-1-sonli “Qishloq ho’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi Qonuni 5-moddasiga asosan, Qo’shtepa tumanida Qishloq xo’jaligida kam ta'minlangan aholini daromadlarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish kooperativilari uchun ekin yeri maydonlari  ajratish belgilangan.

         Ushbu qonun talablarining ijrosi yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi PQ-4716-sonli qarorining 2-bandiga asosan 2020 yil 20 maydan boshlab, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan Yengil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish uchun - bazaviy hisoblash stavkasining 30 baravari (6 690 000 so’m);

sug’orish vositalari xarid qilish uchun - bazaviy hisoblash stavkasining

10 baravari (2 223 000 so’m);  

urug’lik va ko’chatlar sotib olish uchun - bazaviy hisoblash stavkasining

3 baravarigacha (669 000 so’m);

qishloq xo’jalik kooperativlari ustav fondiga baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzovotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilog’or sohalarni tashkil etish uchun - bazaviy hisoblash stavkasining 10 baravari (2 223 000 so’m) miqdorida subsidayalar ajratish orqali ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni bandligini ta'minlash belgilangan.

         Jumladan;

Quyonchilik yo’nalishida kooperativ tashkil etish tizimi

1-qadam. Tuman sektor rahbarining tavsiyasiga asosan - qishloq xo’jaligi kooperativi tashkil etmoqchi bo’lgan (agrobiznes sohasidagi amaldagi yetakchi tadbirkor) tashabbuskor aniqlanadi.

Quyonchilik sohasidagi kooperativning ehtiyojidan kelib chiqib tuman hokimligi tomonidan ozuqa mahsulotlarini yetishtirish yoki xizmat ko’rsatish binolarini qurish va boshqa zarur maqsadlar uchun oborotdan chiqqan yer maydonlari ajratib beriladi.

2-qadam. Tashkil etilayotgan kooperativga mehnatga layoqatli shaxslar

(kamida 40 nafarni) a'zo sifatida birlashtiriladi. (ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan (kambag’al) oilalar a'zolari, nogironi bor oilalar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar).

Kooperativ a'zoligiga nomzodlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari va o’zini - o’zi boshqarish organlari tavsiyanomasi bo’yicha tanlab olinadi.

3-qadam. Kooperativ va a'zolar o’rtasidagi xizmatlar ko’rsatish va mahsulot yetkazib berishga oid munosabatlar oilaviy pudrat shartnomalari asosida kamida

5 yil muddat davomida amalga oshiriladi. Shartnomaga ko’ra kooperativ a'zosi  quyonchilik mahsulotlari (quyon go’shti, mo’yna) yetishtirish (ishlab chiqarish) va uni kelishilgan narxlarda kooperativga topshirish (sotish) majburiyatini oladi.

Kooperativ qabul qilgan quyonchilik mahsulotlari (quyon go’shti, mo’yna)ni sotib olish hamda ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish majburiyatini oladi.

4-qadam. Kooperativ ustav fondi uning asosiy ta'sischisi o’z mablag’i, bank krediti va a'zolari mablag’lari hisobiga shakllantiriladi.

Bunda kooperativning (kamida 40 nafar) a'zolarini (ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan (kambag’al) oilalar a'zolari, nogironi bor oilalar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar) ulushi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga shakllantiriladi. (BHM

10 baravarigacha).

Misol uchun: Ustav fond: kamida 40 nafar a'zolar ulushi - subsidiya 89,2 mln so’mni, tadbirkor ulushi esa - kooperativning jami ulushiga nisbatan kamida 70-80 foizni tashkil etishi lozim.

5-qadam. Aholi bandligiga ko’maklashish markazi Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobiga ajratiladigan subsidiyalarni to’g’ridan to’g’ri shartnomaga asosan kooperativ hisob raqamiga o’tkazib beradi va ajratilgan subsidiya mablag’larini maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.

Kooperativ ajratilgan subsidiya mablag’lari hisobiga quyonchilik uchun zarur bo’lgan qafaslar, ozuqa va boshqa talab etiladigan jihozlarga sarflash majburiyatini oladi.

Qishloq xo’jaligi kooperativi ta'sischisi kooperativ faoliyatini tashkil etadi. Har bir a'zoga nasilli quyon, quyon uchun katak, ozuqa va boshqa zarur bo’lgan mahsulotlarni yetkazadi va malakali mutaxassis ajratib, quyonlarni parvarish qilishda ko’maklashadi hamda veterinariya xizmatlari ko’rsatadi.

A'zolarga biriktirilgan malakali mutaxassis quyonlarni doimiy ravishda joyiga chiqib parvarishlash texnologiyasini o’rganib boradi va tegishli tavsiyalarni berib boradi.

Misol uchun, quyonchilik sohasida tuzilgan qishloq xo’jaligi kooperativiga a'zolar - har bir tomorqa yer egasiga 13 ta quyon va quyon katagi, yem, vaksina va dori vositalari yetkazib beriladi. Hisob-kitoblarga ko’ra yuqoridagilarni yetkazib berish xarajatlari 7,2 mln.so’mni tashkil etadi.

Ushbu xarajatlarning 2,23 mln. so’mi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga, qolgan qismi

5,0 mln. so’m “Har bir oila-tadbirkor” dasturi imtiyozli kredit mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

6-qadam. Qishloq xo’jaligi kooperativlarining har bir a'zosiga Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank filiali tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kredit mablag’lari belgilangan tartibda ajratiladi.

Qishloq xo’jaligi kooperativ rahbariga - Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini kengashi jamg’armasi va jaxon banki jamg’armasidan tijorat banklariga yo’naltirilgan kredit resurslaridan kredit mablag’lari ajratiladi.

7-qadam. Tuman hokimligi, Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, kooperativ faoliyatiga amaliy yordam ko’rsatadi (tadbirkorlik ko’nikmalarini oshirish, parvarish qilinayotgan quyonlarni kasalliklardan himoya qilinishini ta'minlash, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko’maklashadi).

8-qadam. Tuman (shahar) hokimining birinchi o’rinbosarlari va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari tashkil etilgan kooperativlar faoliyatini muvofiqlashtirib borishga shaxsan mas'ul hisoblanadi.

9-qadam. Kooperativ a'zolariga quyonlarni kooperativdan xarid qilish uchun mahalliy hokimlik (tuman (shahar) hokimining 1-o’rinbosari) rahbarligida tegishli mutasaddilar ishtirokida "Xarid komissiya"si tashkil etilishi shart.

QUYONCHILIK YO’NALISHIDAGI KOOPERATIV TIZIMI

Quyonchilik yo’nalishidagi kooperativ tizimi №    Tadbirlar miqdori (norma)       O’lchov birligi Miqdori     

Quyonchilik kooperativi chetdan zotli quyon keltirib parvarishlayotgan yetakchi kooperativ tomonidan tashkil etiladi.        

1       Kooperativ a'zolariga quyon kooperativdan xarid qilib beriladi. (Beriladigan quyon soni kamida 10 bosh quyon, katagi va yemi va boshqa zaruriy vositalar bo’lishi shart) bosh                   10     

2       Biriktiriladigan ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolar soni  (norma kamida)    nafar                  40     

3       Bir kishiga ajratiladigan subsidiya miqdori (gacha)         Ming so’m          2 230,0         

4       Jami ajratiladigan subsidiya     Ming so’m        89 200,0         

5       Kooperativ a'zolariga beriladigan quyon va yem mahsulotlari yarimi subsidiya va yarimi "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasidagi kredit mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.       

6       Kooperativ a'zolari yetishtirgan mo’yna va go’sht mahsulotlarini kooperativ o’zi xarid qiladi hamda xarid qilingan mahsulotlarni qayta ishlaydi.       

7       Kooperativning mo’yna yoki go’sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi mavjud bo’lishi va ustav kapitali shakllantirilishi shart. (A'zolar ulushiga nisbatan 70-80% ko’p miqdorda)  

8       Kooperativ a'zolariga olib beriladigan quyonlarni kooperativdan xarid qilish uchun mahalliy hokimlik rahbarligida "Xarid komissiya"si tashkil etilishi shart    


Parrandachilik kooperativini tashkil etish mexanizmi


1-qadam. Tuman sektor rahbarining tavsiyasiga asosan - qishloq xo’jaligi kooperativi tashkil etmoqchi bo’lgan (agrobiznes sohasidagi amaldagi yetakchi tadbirkor) tashabbuskor aniqlanadi.

Parrandachilik sohasidagi kooperativning ehtiyojidan kelib chiqib tuman hokimligi tomonidan ozuqa mahsulotlarini yetishtirish yoki xizmat ko’rsatish binolarini qurish va boshqa zarur maqsadlar uchun oborotdan chiqqan yer maydonlari ajratib beriladi.

2-qadam. Tashkil etilayotgan kooperativga mehnatga layoqatli shaxslar (kamida

40 nafari) a'zo sifatida birlashtiriladi. (Ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan (kambag’al) oilalar a'zolari, nogironi bor oilalar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar).

Kooperativ a'zoligiga nomzodlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari va o’zini - o’zi boshqarish organlari tavsiyanomasi bo’yicha tanlab olinadi.

3-qadam. Kooperativ va a'zolar o’rtasidagi xizmatlar ko’rsatish va mahsulot yetkazib berishga oid munosabatlar oilaviy pudrat shartnomalari asosida kamida

5 yil muddat davomida amalga oshiriladi. Shartnomaga ko’ra kooperativ a'zosi parrandachilik mahsulotlari (tovuq go’shti, tuxum) yetishtirish (ishlab chiqarish) va uni kelishilgan narxlarda kooperativga topshirish (sotish) majburiyatini oladi.

Kooperativ qabul qilgan parrandachilik mahsulotlari (parranda go’shti, tuxumi) ni sotib olish hamda ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish majburiyatini oladi.

4-qadam. Kooperativ ustav fondi uning asosiy ta'sischisi o’z mablag’i, bank krediti va a'zolari mablag’lari hisobiga shakllantiriladi.

Bunda kooperativning (kamida 40 nafar) a'zolarini (ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan (kambag’al) oilalar a'zolari, nogironi bor oilalar, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar) ulushi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga shakllantiriladi.

(BHM 10 baravarigacha).

Misol uchun: Ustav fond: kamida 40 nafar a'zolar ulushi - subsidiya

111,5 mln so’mni, tadbirkor ulushi  esa - kooperativning jami ulushiga nisbatan kamida 70-80 foizni tashkil etishi lozim.

5-qadam. Aholi bandligiga ko’maklashish markazi Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hisobiga ajratiladigan subsidiyalarni to’g’ridan to’g’ri shartnomaga asosan kooperativ hisob raqamiga o’tkazib beradi va ajratilgan subsidiya mablag’larini maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.  

Kooperativ ajratilgan subsidiya mablag’lari hisobiga parrandachilik uchun zarur bo’lgan tovuq (jo’ja), qafaslar, ozuqa va boshqa talab etiladigan jixozlarga sarflash majburiyatini oladi.

Qishloq xo’jaligi kooperativi ta'sischisi kooperativ faoliyatini tashkil etadi. Har bir a'zoga nasilli parranda, parranda uchun katak, ozuqa va boshqa zarur bo’lgan mahsulotlarni yetkazadi va malakali mutaxassis ajratib, parrandalarni parvarish qilishda ko’maklashadi hamda veterinariya xizmatlari ko’rsatadi.

A'zolarga biriktirilgan malakali mutaxassis parrandalarni doimiy ravishda joyiga chiqib parvarishlash texnologiyasini o’rganib boradi va tegishli tavsiyalarni berib boradi.

Parrandachilik sohasida tuzilgan qishloq xo’jaligi kooperativiga a'zolar - har bir tomorqa yer egasiga 200 dona 1 oylik jo’ja yetkazib beriladi. Hisob-kitoblarga ko’ra o’rtacha 200 dona jo’ja (asosiy vositalar, inventar va jixozlar, material, 1 oylik yem va dorilar) xarajatlari 5,0 mln.so’mni tashkil etadi.

Ushbu xarajatlarning 2,23 mln. so’mi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga qoplanadi.

6-qadam. Qishloq xo’jaligi kooperativiga ehtiyoj bo’lganda Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank filiali tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kredit mablag’lari belgilangan tartibda ajratiladi.

Qishloq xo’jaligi kooperativ rahbariga - Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarni kengashi jamg’armasi va jaxon banki jamg’armasidan tijorat banklariga yo’naltirilgan kredit resurslaridan kredit mablag’lari ajratiladi.

7-qadam. Tuman hokimligi, Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, kooperativ faoliyatiga amaliy yordam ko’rsatadi (tadbirkorlik ko’nikmalarini oshirish, parvarish qilinayotgan parrandalarni kasalliklardan himoya qilinishini ta'minlash, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko’maklashadi).

8-qadam. Tuman (shahar) hokimining birinchi o’rinbosarlari va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari tashkil etilgan kooperativlar faoliyatini muvofiqlashtirib borishga shaxsan mas'ul hisoblanadi.

9-qadam. Kooperativ a'zolariga parrandalarni kooperativdan xarid qilish uchun mahalliy hokimlik (tuman (shahar) hokim 1-o’rinbosari) rahbarligida tegishli mutasaddilar ishtirokida "Xarid komissiya"si tashkil etilishi shart.

 Parrandachilikning go’sht yo’nalishidagi kooperativ tizimi

№      Tadbirlar miqdori (norma)       O’lchov birligi      Miqdori     

Parranda jo’jasi kooperativ tomonidan ta'minlanadi.      

1       Kooperativ a'zolariga go’sht yo’nalishida parvarishlanadigan jo’ja soni beriladigan subsidiya miqdoriga qarab xarid qilib beriladi. (Har bir a'zoga bir kunlik kamida 200 boshdan jo’ja va beriladigan jo’jalar uchun yem mahsuloti kooperativ tomonidan bir martalik ta'minlab berilishi shart)      Kelishilgan holda

2       Biriktiriladigan ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolar soni  (a'zolar soni norma kamida)         nafar 50     

3       Bir kishiga ajratiladigan subsidiya miqdori (gacha)         Ming so’m          2 230,0         

4       Jami ajratiladigan subsidiya     Ming so’m      223 000,0         

5       Kooperativ a'zolariga beriladigan jo’ja va yem mahsulotlari yarimi subsidiya yoki yarimi "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasidagi  kredit mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.       

6       Kooperativ a'zolari 35-40 kun yetishtirgan parrandadan olinadigan go’shtni kooperativ o’zi xarid qiladi va bozorni ta'minlaydi.     

7       Parrandachilik kooperativining parrandachilik korxonasi mavjud bo’lishi va ustav kapitali shakllantirilishi shart. (A'zolar ulushiga nisbatan 70-80% ko’p miqdorda)

8       Kooperativ a'zolariga xarid qilinadigan parrandalarni kooperativdan xarid qilish uchun mahalliy hokimlik rahbarligida "Xarid komissiya"si tashkil etilishi shart.   

9       Kooperativ rahbari hududda parranda go’shtiga bo’lgan talabni qoplashga e'tibor qratishi lozim.        

10     Bir kooperativ a'zosi 35-40 kun pravarishlagan 200 bosh jo’jadan o’rtacha kamida 200-250 kg parranda go’shti olish mumkin. Xar bir kilogram go’sht o’rtacha 20 ming so’mdan sotilganda jami 5,0 mln so’mdan ortiq daromad olish kutiladi.

 Parrandachilikning tuxum yo’nalishidagi kooperativ tizimi

№      Tadbirlar miqdori (norma)       O’lchov birligi      Miqdori     

Parranda jo’jasi kooperativ tomonidan ta'minlanadi.      

1       Kooperativ a'zolariga tuxum yo’nalishida parvarishlanadigan ona tovuq soni beriladigan subsidiya miqdoriga qarab xarid qilib beriladi. (Har bir a'zoga 3 oylik kamida 300 boshdan ona tovuq, tovuq katagi va yem mahsuloti kooperativ tomonidan bir martalik ta'minlab berilishi shart) Kelishilgan holda

2       Biriktiriladigan ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolar soni  (a'zolar soni norma kamida)         nafar                300        

3       Bir kishiga ajratiladigan subsidiya miqdori (gacha)         Ming so’m          2 230,0         

4       Jami ajratiladigan subsidiya     Ming so’m      669 000,0         

5       Kooperativ a'zolariga beriladigan jo’ja va yem mahsulotlari yarimi subsidiya va yarimi "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasidagi kredit mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.       

6       Kooperativ a'zolari yetishtirgan parrandadan olinadigan tuxumni kooperativ o’zi xarid qiladi va bozorni ta'minlaydi.  

7       Parrandachilik kooperativining parrandachilik korxonasi mavjud bo’lishi va ustav kapitali shakllantirilishi shart. (A'zolar ulushiga nisbatan 80-90% ko’p miqdorda)

8       Kooperativ a'zolariga xarid qilinadigan parrandalarni kooperativdan xarid qilish uchun mahalliy hokimlik rahbarligida "Xarid komissiya"si tashkil etilishi shart.   

9       Kooperativ rahbari hududda parranda go’shtiga bo’lgan talabni qoplashga e'tibor qaratishi lozim.    

10     Bir kooperativ a'zosi bir oyda 300 bosh tovuqdan kamida (70%)   6-6,5 ming dona tuxum olganda o’rtacha bir ming so’mdan bir oyda 6,0 mln. so’mdan ortiq daromad oladi.       

         Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi PQ-182-sonli “Uy joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tirtibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan ipoteka kreditlari bo’yicha boshlang’ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshga to’lgan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan kam ta'minlangan, mehnat migratsiyasi dasturida ro’yxatdan o’tgan hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga qishloq joylarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 10 % miqdaridagi mablag’larni subsidiya belgilangan.

M.Eminov,

Aholi bandligiga ko’maklashish

markazi direktori