Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: MUROJAATLAR DOIMIY E'TIBORDA
2020-07-07 18:02:29 214
Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida o’tkazilayotgan qabulda har bir fuqaroning murojaatiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Qabullar davomida tumanimiz aholisi o’z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etmoqdalar.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan bugungi qabulda 40 nafardan ziyod fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyat qismini uy-joy, moddiy yordam, nafaqa puli olish, bank, bandlik, tadbirkorlik, ichimlik suvi bilan bog’liq murojaatlar tashkil etdi. Ushbu muammolar tuman hokimi tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan hokim o’rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.
Aksariyat murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.