Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING OLTINCHI CHAQIRIQ O’N IKKINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2020-07-07 16:20:58    153

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Deputatlar 30-Garimdon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Tolibjon Xasanovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tashkilotlar, korxonalar va idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibiga: O’zbekiston Respublikasining “Faxriy murabbiy” ordenini ta'sis etish to’g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarni o’z vaqtida samarali ijro etilishini ta'minlash, “Faxriy murabbiy” ordeni bilan mukofotlashga nomzodlarni tanlab olish, ularning faoliyatini o’rganish va baholash mexanizmini joriy etish, Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Axmedovning tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha olib borayotgan ishlari to’g’risida, Qo’shtepa tumanida yangi ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash borasida olti oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi rahbari M.Eminovning hisoboti to’g’risida, Qo’shtepa tumani hokimining 2020 yil 11 may kungi “Taniqulov Baxtiyor Nuriddinovich lavozimini tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i lavozimiga o’zgartirish to’g’risida”gi 262-sonli qarori to’g’risida, yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining tanlov natijalari to’g’risidagi yig’ilish bayonlari haqidagi va boshqa bir qator masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari - tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov, tuman hokimining o’rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i X.Axmedov, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig’i M.Xakimov, Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatini ko’rib chiqish qabulxonasi mudiri A.Usmonov, tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi rahbari M.Eminov, tuman hokimligi Devonxonasi mudiri A.Shermatovlarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan Qo’shtepa tumani hokimining 2020 yil 11 may kungi “Taniqulov Baxtiyor Nuriddinovich lavozimini tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i lavozimiga o’zgartirish to’g’risida”gi 262-sonli qarori va shuningdek, xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining reglamentiga muvofiq, sessiyalar oralig’ida qabul qilingan tuman Kengashining 2020 yil 29 may kungi “Qo’shtepa tumanidagi xo’jalik yurituvchi sub'yektlarga  mol-mulk solig’i, yer solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarini to’lash bo’yicha foizlarini undirmasdan 6 oyga to’lovlarni kechiktirish (bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyati berish) to’g’risida”gi №01-sonli qarorlari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, tuman hokimi I.Novikov sessiya davomida “COVID-19” va uning salbiy oqibatlariga alohida to’xtalib, barchani yanada xushyorlikka chaqirdi.

- So’nggi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilganlar soni keskin ko’payishi natijasida, tibbiyot tizimi katta bosim bilan ishlamoqda - deydi tuman hokimi I.Novikov. - Yurtimizda ham oxirgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilishi sezilarli darajada oshgan. So’nggi ma'lumotlarga ko’ra, ayni paytda mamlakatimizda “COVID-19” aniqlanganlar soni o’n ming nafardan oshib ketdi. Yurtimizda koronavirus bilan bog’liq har qanday xavotirli holatga qarshi oldindan zarur choralar ko’rilgan bo’lsa-da, koronavirus yuqtirganlarning oshib borayotgani barchamizni xushyor torttirishi lozim.

Sessiya davomida tuman hokimi tomonidan karantin qoidalari yumshatildi deb beparvolikka berilmaslik, qo’llarni 20 soniya sovunlab yuvish, niqob bilan yurish, 2 metr masofa saqlash, farzandlarimizni uyda olib o’tirib, ularga ma'naviy mulk bo’ladigan kitoblar, ertaklar, zarur ko’nikmalar berish, atrofimizdagi odamlarni bu xavfdan ogoh qilish, karantin qoidalariga rioya qilish kabi zarur narsalarni unutmasligimiz kerakligi takidlandi va mas'ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, ushbu masalalar yuzasidan ham tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.