Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qalbi qaynoq, bilimga chanqoq yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi

×

 2020-07-03 16:15:43    257

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi 46 sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida sektor rahbarlari ishtirokida, yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida qo’shtepalik qalbi qaynoq, bilimga chanqoq yoshlar bilan sektor rahbarlari samimiy muloqot qildilar.

Ushbu uchrashuvda sektor rahbarlari bilan birga, tuman hokimining o’rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman kengashi raisi hamda tashkilotlarning mas'ul xodimlari, maktabni bitiruvchi yoshlar va ota-onalari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tumanimizdagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi, “Uniform plus” MCHJ, “Tasnim zamzam” oilaviy korxonasi xodimlari va hunarmandlar o’zlarining ko’rgazmalari va bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.

Muloqot avvalida tuman hokimi I.Novikov bitiruvchi yoshlarning orzulari va maqsadlari borasida so’z yuritib, kelgusida ularning Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk insonlar bo’lib yetishishlari, buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini ta'kidlab, ularni muloqotda faol ishtirok etishlariga chorladi. 

Hokimning samimiy chorlovidan so’ng bitiruvchi yoshlar birma-bir so’z olib, kelajakdagi orzu-maqsadlari bilan bog’liq savollarini birma-bir bera boshladilar. Yoshlar bilan suhbat erkin va samimiy ruhda kechdi.

Muloqot davomida M.Xoshimova, A.Ma'rufjonov, O.Eminov, N.Mirzaumarova, D.Abduraximova, I.Ismoilov, U.Turg’unova, N.Abdullayeva singari bitiruvchi yoshlar oliy o’quv yurtlariga kirishdagi imtiyozlar, oliygohlardagi ta'lim yo’nalishlari kvotalari, professional kasb-hunar maktablari faoliyati haqidagi savollariga mutaxassislardan qoniqarli javoblar olishdi.

Qo’shtepa tumanida bu yil 2590 nafar o’quvchi o’rta maktabni tamomladi. Shundan 4 nafar o’quvchilar oltin, 1 nafar o’quvchi esa kumush medal sohibi bo’ldilar. Muloqot so’ngida sektor rahbarlari o’quvchilarga medallarini topshirdilar va esdalik uchun suratga tushdilar.

Ochiq va samimiy ruhda o’tgan uchrashuv bitiruvchi yoshlarga yuksak maqsadlar sari intilishga katta kuch bag’ishladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.