Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning “30 iyun - Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman yoshlariga bayram tabrigi

×

 2020-06-29 17:12:34    443

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar - jamiyatimizning muhim qismi, aynan o’sib kelayotgan avlod davlatimizning barqaror rivojlanishini, avlodlar almashinuvini ta'minlash, alal oqibat ilm-fanning o’sishiga, iqtisodiy yutuqlarga erishishimizga, tarixiy qadriyatlarimizni saqlashga mas'ul ijtimoiy qatlam ekanligini idrok etamiz. Mamlakatimiz rivojlanishining har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan siz yoshlarning unga munosabatingizga, sizlarning fikrlash va hayot tarzingizga bog’liq. Shu tufayli ham bugungi kunga kelib yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishini ta'minlaydigan milliy manfaatimiz ob'yektiga aylandi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

         Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma'naviy yetuk va jismonan sog’lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga ko’tarish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun - 30 iyun sanasi esa mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishi belgilab berildi.

Hurmatli Aziz yoshlar!

Men sizlarga bugungi bayram munosabati bilan O’zbekistonimiz ravnaqi, rivoji uchun ulkan hissa qo’shadigan yangi avlod bo’lib yetishishingizga, shunga bor kuchingizni sarflashingizga, yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashashingizga tilakdoshman!

I. Novikov,

Qo’shtepa tumani hokimi.