Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MASJIDGA KELISHDA KARANTIN QOIDALARIGA RIOYA QILINMOQDA
2020-06-12 11:35:46 207
Butun dunyoga o’z ta'sirini ko’rsatayotgan koronavirus pandemiyasi insoniyatni katta sinovdan o’tishiga sabab bo’lmoqda. Ushbu kasallikni keng tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda joriy yilning 15 mart sanasidan karantin joriy etilib, masjidlarning faoliyati ham vaqtinchalik to’xtatilgan edi.
Allohga cheksiz shukronalar bo’lsinki, yurtimizda karantin choralari bosqichma-bosqich ravishda yumshatib borilmoqda. Salkam uch oy vaqt mobaynida jamoat namozlarini intiqlik bilan kutgan mo’min-musulmonlar nihoyat katta xursandchilikka erishdilar. Chunki 8 iyundan «yashil» hududlarda joylashgan masjidlar o’z faoliyatini boshladi. “Yashil” hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda fayzli ibodatlar davom etmoqda.
Qo’shtepa tumanida ham Respublika maxsus komissiyasining qaroridan kelib chiqib, 5-8 iyun kunlari tumandagi barcha masjidlarda tayyorgarlik ishlari olib borildi va belgilangan tartibda namozxonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirildi. Hozirda jomelarga kelgan namozxonlar karantin qoidalariga amal qilib, ijtimoiy masofani saqlagan holda o’z namozlarini ado etmoqdalar.
A. Orifxo’jayev,
“Muborak” jome masjidi noib imomi.