Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OBODLIKKA INTILGAN QALBLAR
2020-06-11 17:51:53 214
Xalqimizda obodlik, ozodalik eng ezgu qadriyatlardan biri sifatida ulug’langan. Obodlik faqatgina ozodalik, orastalik emas, balki bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ezgulikka tashnalik hamdir.
Yurtimizda so’nggi yillarda elimiz ko’ngliga monand tarzda qishloqlarimiz, mahallalarimiz, xonadonlarimiz qiyofasi tobora obodlik kasb etib bormoqda. Bu Qo’shtepa tumani Namuna mahalla fuqarolar yig’ini Mustaqillik ko’chasidagi 24, 26, 28, 30 xonadonlarda o’tkazilgan “Obod mahalla, obod ko’cha, obod xonadon” nomli seminarda ham yaqqol namoyon bo’ldi.
Mahalla fuqarolar yig’inlarida aholi turmush sifatini yanada yaxshilash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni hamda ilg’or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarda seminarda viloyat hokimining Qishloq xo’jaligi bo’yicha o’rinbosari X.Umarov, Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda barcha shahar-tuman hokimlarining o’rinbosarlari Mahalla va oilani qo’llab quvvatlash bo’limi boshliqlari, ularning obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo’yicha guruh rahbarlari, Qo’shtepa tumani mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etdilar.
Mazkur seminar mahallalarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni targ’ib qilish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Oilalarning turmush tarzi, xonadonlarini ozoda tutishi, hududlarni obodonlashtirish borasidagi ibratli tajribalari, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqalaridan unumli foydalanishi, uzumzorlar tashkil etish va uzum tagiga sabzavot ekinlarini ekish orqali o’z daromad manbalarini boyitib borishlari haqida ushbu namunali oilalar misolida seminar ishtirokchilariga tushunchalar berildi va o’zaro fikr almashildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati