Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RAMAZON HAYITIDA HAM KARANTIN QOIDALARIGA QAT'IY AMAL QILINADI
2020-05-22 13:32:45 198
Har yili butun dunyo mo’min-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz Iydul fitrni ko’tarinki kayfiyat, o’zgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik ila nishonlaydilar. Shu munosabat bilan Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Abdusamad Oxund jome masjidining ko’cha qismida Ramazon hayitiga tayyorgarlik ko’rilib, tozalash ishlari olib borilmoqda.
Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda butun dunyo bo’ylab, jumladan, yurtimizda ham koronavirus kasalligi keng tarqaldi. Hozir insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar ko’rilmoqda. Yurtimizda bu kasallik keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin va bir qator cheklovlar joriy etildi.
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo’yicha fatvosi va Ramazon oyini o’tkazish haqidagi bayonotida qayd etilganidek, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda juma namozi o’rniga uyda peshin namozini, besh vaqt namoz va Ramazon oyidagi tarovih namozini uyda o’qish haqidagi tavsiyalar ayni Ramazon hayiti namoziga ham tegishlidir.
Ramazon hayiti kunlari epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bo’lib o’qishning iloji bo’lmaydi.
Abdusamad Oxund jome masjidida ovozkuchaytirgichlar orqali Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi A. Axmadaliyev barchani “Ramazon hayiti - xayru saxovat ayyomi” bilan tabrikladi va aholiga murojat qilib, ushbu ayyomni oila davrasida o’tkazish lozimligini ta'kidlab o’tdi. Masjid va xonadonlarda hayit namozi o’qilmasligi, hayit kuni quyosh terak bo’yi ko’tarilgandan keyin o’z xonadonlarida to’rt rakatli nafl namozi o’qishlari haqida tavsiyalar berdi. Qabristonlarga borish o’rniga o’z uyida tilovat qilish afzal ekani, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligi hususida ham ogohlantirish berdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati