Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XAYR-SAXOVAT RISHTALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA
2020-05-19 20:34:29 260
Prezidentimizning shu yil 20 aprelda o’tkazgan videoselektor yig’ilishida bildirgan fikrlari hamda «Saxovat va ko’mak» umumxalq harakatini yo’lga qo’yish yuzasidan ilgari surgan tashabbusi saxovatpesha insonlarni xayr-saxovat ko’rsatishga undamoqda.
Darhaqiqat yurtimizda «Saxovat va ko’mak» umumxalq harakati keng quloch yoymoqda. Buning natijasida qo’ni-qo’shnilar, tanish-bilishlar o’rtasida mehr-oqibat, xayr-saxovat rishtalari yanada mustahkamlanmoqda.
Qo’shtepa tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak umumxalq xarakati jamg’armasi” markazi tomonidan jamlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sektorlar kesimida ehtiyojmand oilalarga yetkazib berilmoqda.
Xayri yamahsulotlari sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq ko’rikdan o’tkazilib, qabul qilinmoqda. Tegishli tartibda taqsimlanib, manzilga yetkazilgunga qadar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq saqlanishi ta'minlanmoqda. Xayriya yordamlari ortilgan transportlar har bir mahallaga kirib chiqqanidan so’ng to’liq sanitar ishlovdan o’tkazilmoqda.
Tuman hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari tomonidan kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib, baholi qudrat yordam ko’rsatilmoqda.
Bugun tuman hokimi I. Novikov 1 sektor hududidagi mahallalarda bo’lib kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan, imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar oldi va muammolarini o’rgandi. Ularga un, yog’, guruch, go’sht, makaron, tuxum, shakar, kartoshka kabi 12 turdagi mahsulotlar to’plami tarqatildi.
Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan turmush sharoiti og’ir bo’lgan oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishi va ular bilan dilda nsuhbat qurilib, kambag’allikni bartaraf etishu chun ish o’rinlari taklif etilayotgani odamlarni quvontirmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati