Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MIB XABARLARI

×

 2020-05-19 14:55:13    330

PDF yuklash
Chop etish


ISTE'MOLCHILARNING ELEKTR ENERGIYASIDAN NOREAL QARZDORLIGI BARTARAF ETILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiya va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 29.05.2017 yilgi PF-5059-sonli Farmoni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 10.07.2017 yildagi 484-sonli Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan bir qator  ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, maishiy iste'molchilarning yashash xonadonlariga o’rnatilgan elektron hisoblagichlarni ko’rikdan o’tkazish davomida 74 nafar iste'molchilarning elektr energiyasidan 70 mln.  125 ming. so’m noreal qarzdorligi aniqlandi. Ushbu qarzdorlik xatlov davomida iste'molchilarning “elektr hisob” dasturidagi shaxsiy hisob raqamidan o’chirtirilib, iste'molchilarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Jumladan, Ko’prikboshi MFY, Mustaqillik ko’chasi,  125-uyda yashovchi fuqaro B. Mamatovning elektr energiyasidan bo’lgan 3 mln. 100 ming. so’m noreal qarzdorligi, iste'molchining  “elektr hisob” dasturidagi shaxsiy hisob raqami xatlovdan o’tkazilib, umidsiz qarzdorlik elektron dasturdan o’chirilishi ta'minlandi.

TO’LOV INTIZOMI MUSTAHKAMLANMOQDA

Iste'molchilardan energiya resusrlari va maishiy va qattiq chiqindi uchun ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun to’lovlarni o’z vaqtida undirish hamda to’lov intizomini mustahkamlash borasida ham bir qator  ishlar amalga oshirilmoqda.

Qo’shtepa tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lim xodimlari tomonidan iste'molchilarning to’lov madaniyatini oshirish yuzasidan muntazam ravishda targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Energoresurslar uchun to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmagan iste'molchilarga qo’llanilgan ta'sir choralar natijasida 2019 yilda Fayz, Shakar va Ko’prikboshi mahalla fuqarolar yig’inlarida debitor qarzdorlik o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30 mln. 808 ming so’mga qisqartirilib, to’lov intizomi past bo’lgan mahallalar tarkibidan chiqarildi.

Shuningdek, aholi va yuridik iste'molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanayotganligini o’rganish yuzasidan tezkor sho’'ba xodimlari tomonidan doimiy ravishda reyd tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.

2019 yilda o’tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 10 nafar fuqarolarning elektr energiyasiga o’zboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlanib, huquqbuzarlar tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan 10 mln. 337 ming. so’m zarar to’liq undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlariga jamoatchilik ta'sir choralarini ko’rish yuzasidan taqdimnomalar kiritilishi natijasida, joriy yilning o’tgan davri davomida ushbu hududlarda huquqbuzarlik holatlari aniqlanmagan.

M. Sabirov,

bo’lim boshlig’i o’rinbosari.