Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATI DOIRASIDA EHTIYOJMAND OILALARGA KO’MAK BERILMOQDA

×

 2020-05-15 21:31:04    236

PDF yuklash
Chop etish


Butun dunyoga yoyilgan koronavirus epidemiyasi yurtimizni ham chetlab o’tgani yo’q. Shunday murakkab vaziyatda aholining ehtiyojmand qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz o’zbek xalqining tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusini ilgari surdi.

“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida qilinayotgan ishlar butun mamlakatimizda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham qizg’in tus oldi. Xususan, sektorlar kesimida kam ta'minlangan oilalarga "Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati doirasida ko’mak berilmoqda. Ayni paytda kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish, band bo’lmagan insonlarni doimiy ish o’rinlariga joylashtirish orqali amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda.

Qo’shtepalik tadbirkorlar, fermerlar qo’yingki, savobtalab insonlar pandemiyaga qarshi kurashishda faol qatnashib, ehtiyojmand oilalarga beg’araz yordam ko’rsatib kelmoqdalar. Ularning safi esa kun sayin ortib bormoqda. Tumanda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasidagi tadbirlar yanada keng tus olib, davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoad fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak umumxalq xarakati jamg’armasi” markazi tomonidan sektorlar kesimida 31 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 81 ta ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olindi. Ularga un, yog’, guruch, go’sht, makaron, tuxum, shakar, kartoshka kabi 12 turdagi mahsulotlar to’plami tarqatildi.

Tuman hokimi I. Novikov Karnaychi, Sohibkor, Soybo’yi, Qumtepa, Nurafshon, Qamishtepa, Qizilariq, Namuna mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’ldi. Sektor va mutasaddi idora rahbarlari bilan birga ipak qurti parvarishlab, pilla hosilini yig’ishtirib olayotgan pillakorlar bilan uchrashdi va ularga esdalik sovg’alarini topshirdi. Karantin  tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning xonadonlarida bo’lib, ularni qiynayotgan muammolarni tinglash bilan birga, ularga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasini tarqatdi.

I. Novikov tomonidan aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan samarali foydalanish lozimligi va bu ishlarda xonadon egalariga yordam berishga doim tayyor ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash masalalarida soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berilib, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati