Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY MOSLASHUVDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2020-05-04 20:28:12 180
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati tomonidan xalqimizning og’irini yengil qilish, muammolarini biroz bo’lsada aritish, dillariga xushnudlik olib kirish maqsadida ko’plab xayriya ishlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda Qo’shtepa tuman hokimligi hamda “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hamkorligida ehtiyojmand oilalar uchun markazlashgan holda moddiy yordam ko’rsatilmoqda.
Bugun “Call-centre”ning 1197 qisqa raqami orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlar o’rganilib, unga ko’ra mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 24 nafar ehtiyojmand oila vakillariga 11 xil maxsulotdan iborat oziq-ovqat jamlamasi ularning manzillariga yetkazib berildi.
Umumxalq harakati doirasidagi tadbirda tumanimizning Yoshlar Ittifoqi yetakchilari volontyorlik qilishmoqda.
Bugun tuman hokimi I. Novikov sektor rahbarlari bilan birgalikda G’ishtmon, Qiyqi, Yangi do’kon, O’qchi, Quvurboshi mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, ijtimoiy moslashuvdagi oilalar holidan xabar oldi. Karantin paytida ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan tanishib, muammolarini o’rgandi.
Tuman hokimi ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy moslashuvdagi oilalarga tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati