Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR"

×

 2020-05-01 17:56:19    246

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlari, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, "Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbusni Qo’shtepa tumani hokimligi, tadbirkorlar va saxovatpesha insonlar bir ovozdan qo’llab-quvvatladi. Binobarin bugungi sinovli damlar hamda muborak Ramazon kunlarida bir-birimizga mehr-oqibatli va tirgak bo’lishimiz insoniylikning oliy namunasidir, desak adashmagan bo’lamiz.

Tuman hokimligi tashabbusi hamda mahalliy tadbirkorlarning ko’magi bilan bugun hududda "Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati doirasida katta xayriya aksiyasi o’tkazildi. 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan avtoulovlar mahallalarga yo’l oldi.

Shu kuni mahalladagi ehtiyojmand, nogironligi bo’lgan, karantin tufayli vaqtincha ishsiz qolgan, boquvchisini yo’qotgan hamda og’ir turmush sharoitidagi 211 nafar oilalarning har biri oziq-ovqat jamlanmasidan bahramand bo’ldi.

Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov 1-sektor hududidagi G’ishtmon va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini ko’zdan kechirdi.

Tashrif davomida tuman hokimi mutasaddi idora rahbarlari bilan birgalikda bir nechta xonadonlarda istiqomat qilayotgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o’rgandilar.

         I. Novikov tomonidan aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan samarali foydalanish lozimligi va bu ishlarda xonadon egalariga yordam berishga doim tayyor ekanliklari ta'kidlandi. Qolaversa, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

Tuman hokimi har ikki mahallada istiqomat qiluvchi yordamga muhtoj oilalarga tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi  qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi. Ha, yaxshilikning cheki-chegarasi yo’q. Mehrga, muruvvatga mushtoq ko’ngillarni ziyorat etish ham bir yaxshilik. Zero muqaddas kitoblarimizda ta'kidlanganidek: "Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir".

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.