Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT VA KO’MAK: EZGULIKNING QANOTI BOR...

×

 2020-04-30 22:53:54    187

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda hamisha o’zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvatlilikni keng targ’ib etish, azaliy qadriyatlarimizni e'zozlash kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulug’lanib kelingan. Ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug’ insonlarga g’amxo’rlik ko’rsatishga alohida e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.

Ayni kunlarda Prezidentimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusi keng quloch yoymoqda.

Qo’shtepalik tadbirkorlar mazkur tashabbus doirasida amaliy ishlarni boshlab yuborishdi. Ular kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bilan birga ularni ish bilan ta'minlashnishida ham jonbozlik ko’rsatishmoqda.

Xalqimizda “Ezgulikning qanoti bor”, degan hikmatli naql bor. Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo’lish, qiyin damlarida og’irini yengil qilish aholining davlat va jamiyatga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mehr-saxovatning esa katta-kichigi bo’lmaydi.

Qo’shtepa tumanidagi kam ta'minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj va pandemiya davrida ishsiz qolgan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash borasida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatida Qo’shtepaliklar juda faol ishtirok etishmoqda. Bugun tumanda tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan muvofiqlashtirish markazi tomonidan 285 ta ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari sektorlar kesimida yetakzib berildi.

Bugun qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov 1-sektor hududidagi Oqtepa va Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini ko’zdan kechirdi.

Tashrif davomida tuman hokimi mutasaddi idora rahbarlari bilan birgalikda bir nechta xonadonlarda istiqomat qilayotgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o’rgandilar.

I.Novikov tomonidan aholi tomorqalarining har bir qarich yeridan samarali foydalanish lozimligi va bu ishlarda xonadon egalariga yordam berishga doim tayyor ekanliklari ta'kidlandi. Qolaversa, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

Tuman hokimi har ikki mahallada istiqomat qiluvchi yordamga muhtoj oilalarga tuman "Mahalla" hayriya jamoat fondi  qoshidagi "Saxovat va ko’mak" jamg’armasining 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.Bu kabi xayriya ishlar tumanda muntazam ravishda davom ettirib kelinmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi axborot xizmati