Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATI KENG QULOCH YOYMOQDA

×

 2020-04-29 20:22:02    106

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Prezidentimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini yo’lga qo’yish tashabbusi keng quloch yoymoqda.

Qo’shtepa tumanida ham mazkur tashabbus doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Dastur doirasida kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish bilan birga ularni ishga joylashtirish bo’yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov mas'ul xodimlar bilan birga 1-sektor hududidagi  Qayrag’och va Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

Shuningdek, sektor hududidagi xonadonlarda aholi tomorqalaridan foydalanish ahvoli o’rganilib, karantin davrida aholi bandligini ta'minlash yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati