Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN KENGASHI SESSIYASI
2020-04-28 22:08:29 267
XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING O’N BIRINCHI SESSIYASI
Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining o’n birinchi sessiyasida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli tashkilot va korxona rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari hamda tadbirkorlar qatnashdilar.
Shuningdek, sessiyada viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i O. Xomidov hamda “Aloqabank” Farg’ona filiali boshqaruvchisi Sh. Egamberdiyevlar ishtirok etishdi.
Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi I. Novikov ochdi va olib bordi.
Sessiyaga 7-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat B. Madraximov kotiblik qildi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi yettita masala qo’yildi.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-24 aprel kunlari aholi bandligini ta'minlash va daromadi keskin kamayishini oldini olish, muhtoj oilalarni moddiy-qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha choralarini amalga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish bo’yicha sektor rahbarlarining axboroti to’g’risida.
2. Sektorlar kesimida shakllantirilgan ishsiz va kam ta'minlangan aholining ro’yxatini qayta ko’rib chiqish, ularga ixtiyoriy tarzda tadbirkorlarni biriktirish jadvalini tasdiqlash to’g’risida.
3. Aholi bandligini ta'minlash, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash haqida.
4. Mavjud bog’ va tokzorlar qator oralariga to’liq ekin ekilishini tashkil qilish, shu orqali aholi bandligini ta'minlash, bunda foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bo’lib berish bo’yicha asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida tuman hokimining axboroti to’g’risida.
5. Kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o’rta va past darajada bo’lgan hudud hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo’yicha tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi I.Madumarovning va deputatlar fikrini eshitish hamda Respublika komissiyasiga takliflarni tasdiqlash haqida.
6. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to’g’risida asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida tuman hokimining axboroti to’g’risida.
7. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli moddiy ko’mak berish bo’yicha ilgari surgan tashabbuslarini qo’llab-quvvatlanishi bo’yicha tuman tadbirkorlarini Murojaatnomasi to’g’risida.
Kun tartibidagi 1- masala yuzasidan 1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikovning axboroti eshitildi.
Shuningdek sessiyada birinchi masala yuzasidan
2-sektor rahbari, tuman prokurori M. Shomurodov,
3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i S. Abdullayev,
4-sektor rahbari, tuman DSI boshlig’i S. Abdirasulovlarning axborotlari ham tinglandi.
1-sektor rahbari, tuman hokimi I. Novikov kun tartibidagi boshqa masalalarga ham to’xtaldi.
Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi I. Madumarovning axboroti tinglandi.
Sessiya davomida tadbirkor F. Mamanazarov Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga manzilli moddiy ko’mak berish bo’yicha ilgari surgan tashabbuslarini qo’llab-quvvatlanishi bo’yicha tuman tadbirkorlarinining Murojaatnomasini o’qib eshittirdi.
Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari Sh. Sharopov, A. Nabiyevlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati