Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOZORDAGI NARXLAR HOKIM NAZORATIDA
2020-04-27 09:23:12 174
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari markaziy dehqon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bilan tanishib bormoqdalar.
Tuman hokimi I. Novikov sektor rahbarlari bilan birga dehqon bozorida bo’lib, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, sotuvchi va xaridorlar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qildi.
Ta'kidlash joizki, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta'minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan "Ko’chma bozor” faoliyati yo’lga qo’yilgan. Qolaversa, mahalla fuqarolar yig’inlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sotishga mo’ljallangan savdo do’konlari tashkil etildi.
Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati