Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"AGROBANK"NING HIMMATI
2020-04-27 09:16:03 271
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan "Sahovat va ko’mak" umumxalq harakati tashkil etildi. Shuningdek har bir tuman va shaharda jamg’armalar ochildi. Ushbu umumxalq harakatini qo’llab quvvatlagan "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki Qo’shtepa tumani filiali barcha ishchi-xodimlari tashabbus ko’rsatib, ish haqlaridan 18 mln. 732 ming sӯm miqdorida “Saxovat va kӯmak” jamg’armasining hisob raqamiga birinchilardan bo’lib o’tkazib berishdi.
Albatta, bunday ezgu amal va tashabbusdan qanchadan-qancha ehtiyojmand oilalar bahramand bo’ladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi, tumanimiz fuqarolari nomidan bank rahbariyati va xodimlariga ushbu savobli ish uchun minnatdorchilik bildiradi.
Jamg’arma orqali yig’ilgan mablag’lar tumanimizdagi ehtiyojmand oilalarni karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar bilan ta'minlashga sarf etilishi belgilangan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati