Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAQIQIY XAZINA - TOMORQADA
2020-04-22 17:06:21 218
Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, xalqimiz dasturxoni to’kinligini o’ylash ustuvor vazifaga aylandi.
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov joylarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanishlari yuzasidan olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi.
Darhaqiqat dehqonchilik hadisini olgan, tomorqa ishini to’g’ri yo’lga qo’ygan oilalar bugungi kunda farovon turmush kechirmoqda.
Istiqbol mahallasida ham mavjud imkoniyatdan unumli foydalanayotgan oilalar ko’pchilikni tashkil etadi. Mahalla ahli har daqiqani g’animat bilib, ro’zg’orini but va turmushini obod qilishga intilmoqda.
Sektor rahbari bir nechta oilalarda bo’lib, tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganliklariga alohida e'tibor qaratdi. Aholining karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.
Shuningdek, tuman hokimi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan ehtiyojini o’rganish maqsadida savdo do’konlarida ham bo’ldi. Oziq-ovqat do’konlarini kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati