Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2-SEKTOR HUDUDIDA KO’CHMA DO’KONLAR FAOLIYAT OLIB BORMOQDA
2020-04-21 12:25:10 222
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan tuman prokuraturasi hamda homiy tadbirkorlar hamkorligida 2-sektor hududida ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Madaminbek Shomurodovning sa'y-harakati bilan karantin davrida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sektor hududida ko’chama savdo do’konlari tashkil etildi. Mazkur “Ko’chma do’kon”lar tomonidan mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari, un hamda kiyim-kechak yarmarkalari savdosi yo’lga qo’yildi.
Sektor rahbarining tashabbusi bilan tuman dehqon bozorida arzonlashtirilgan go’sht mahsulotlari sotilmoqda.
Hududdagi tibbiyot xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida ham arzonlashtirilgan oziq-ovqat va un mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Yaratilgan ushbu qulayliklar aholini ro’zg’or uchun zarur xo’jalik mollarini o’z hudularidan savdo qilishlariga zamin yaratmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati