Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUT-BARAKA OMILI - BUGUNGI HARAKATIMIZGA BOG’LIQ
2020-04-17 18:31:25 194
Ayni karantin kunlarida qo’shtepaliklar kunni bekor o’tkazishayotgani yo’q. Ular o’z tomorqalarida turli qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirib, ro’zg’orlagiga baraka kiritmoqda.
Tomorqadan unumli foydalangan hyech qachon kam bo’lmaydi. Aksincha, rizq-nasibasi butun bo’lib, daromadiga ham qut-baraka kiradi.
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov bugun 1-sektor hududidagi G’ishtmon va Namuna mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, aholini tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tibor qaratdi. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin kunlarida aholi salomatligini saqlash, belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta'minlash hamda oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy niqob va antiseptik vositalarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish maqsadida oziq-ovqat do’konlari kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati