Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOZORDAGI NARX-NAVO HOKIM NAZORATIDA
2020-04-16 14:59:00 177
Qo’shtepa tumanida karantin davrida oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining sun'iy ravishda oshirilishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari, soliq idorasi mutasaddilari oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan bozor hududi va darvozasida muntazam dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Bozor hududiga kirib kelayotgan fuqarolarning tana harorati pirometrlar yordamida o’lchanmoqda.
Narx-navo barqarorligini ta'minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman dehqon bozori ma'muriyati tomonidan "Ko’chma bozor” faoliyati yo’lga qo’yilgan. Qolaversa, mahalla fuqarolar yig’inlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sotishga mo’ljallangan savdo do’konlari tashkil etildi.
Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati