Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NARX-NAVO NAZORATDA
2020-04-14 16:59:27 201
Yurtimizda "Covid-19" koronavirusi infeksiyasi keng tarqalishini oldini olish, shuningdek, tuman Dehqon bozori, savdo do’konlari va dorixonalarda oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari tanqisligi hamda narx-navoni sun'iy oshirishni oldini olish yuzasidan tuman hokimi va sektor rahbarlari nazorat o’rnatishgan.
Tuman hokimi I. Novikov Karnaychi, Soxibkor mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, mas'ul idora rahbarlari bilan birgalikda oziq-ovqat do’konlari hamda dorixonalardagi narx-navo bilan tanishib, sotuvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazdi.
Karantin davrida tumandagi oziq-ovqat do’konlarida odamlarning birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan mahsulotlari hamda dori vositalari va tibbiy niqoblar bilan yetarli darajada ta'minlanganligi va narx-navolar bilan tanishdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati