Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI BAYONOTI

×

 2020-04-10 11:10:34    182

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 8-aprel kuni tunda boshlangan kuchli shamol natijasida Qo’shtepa tumanida elektr ta'minotida avariyali uzilishlar kuzatildi. Kuchli shamol natijasida 35/10 kVli “Do’rmon” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Qiziltepa” va boshqa “Niyozov”, “Qirg’izobod”, “Chimkent”, “Loyson” elektr uzatish havo tarmoqlari avariyali uzilgan.

Oqtepa MFY hududidagi № 49 transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV havo liniyasiga fuqarolar tomonidan ekilgan teraklar sinib tushgani sababli sim uzilib, ta'minotda uzilish yuzaga kelgan. 1-ta'mirlash bo’limi ustasi X. To’lanov boshchiligidagi brigada nosozlikni bartaraf etish uchun jalb qilindi. Mahalla oqsoqoli ishtirokida teraklar kesilib, uzilgan simlar qayta ulanib nosozlik shu kunning  o’zidayoq bartaraf etilgan.

9 aprel kuni tumandagi elektr energiyasi iste'molchilari ta'minotidagi barcha nosozliklar to’liq bartaraf etilib, elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilmoqda.

Yana shuni ma'lum qilamizki, Soybo’yi MFY hududida TP-502 yuklamasini yengillatish uchun qo’shimcha 1 dona KTPM-160/10/0,4 kVA va 56 dona temir beton tayanchlari o’rnatilib, 1,5 km yangi elektr tarmog’i qurilishi olib borilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati