Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XAYR-SAXOVAT NURLI QALBLARNI YORITADI
2020-04-06 15:49:52 189
Yaqinda Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi hamda sektor rahbarlarining sayi-xarakatlari bilan tumandagi sahovatli insonlar ko’magida tashkil etilgan sahovat avtokarvonlari tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlari bo’ylab yo’lga chiqib, 549 ta kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ulashganini ma'lum qilgan edik.
O’sha kuni homiylik yordamlari kirib borgan xonadon egalari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosatdan hamda saxovatpesha insonlardan minnatdor bo’ldilar.
Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi dunyo xalqlarini tashvishga solib turgan eng katta muammo, desak mubolag’a bo’lmaydi. Qiyinchilik, musibat davri bizni yanada jipslasha olishimizni ko’rsatdi. Albatta bu ham bir sinov. Sahovatpesha insonlar shu sinovli kunlarda qo’lida borini o’z yaqinlariga, ayniqsa, muhtojlarga ham ulashmoqdalar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati