Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YAXSHILIK QILISHDAN CHARCHAMAYLIK!
2020-04-03 16:08:47 906
Azal-azaldan bag’rikeng, sahovatpesha, o’zgalar og’irini yengil qilishni o’zimizning insoniy burchimiz deb biladigan xalqmiz. Yillar davomida ushbu savobtalab yumushlar qadriyat bo’lib kelgan. Bu an'ana bugungi sinovli kunlarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sinovli kunlarda yaxshilik va ezgu amallar yanada ko’payib, tadbirkorlar, sahovatli insonlar hayrli tashabbuslar bilan chiqmoqdalar.
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov va tumandagi sahovatli insonlar yana bir hayrli ishga qo’l urdilar.
Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi dunyo xalqlarini tashvishga solib turgan eng katta muammo, desak mubolag’a bo’lmaydi. Qiyinchilik, musibat davri bizni yanada jipslasha olishimizni ko’rsatdi. Xalqimiz bu ham bir sinov ekanini yaxshi biladi. Biz bundan to’g’ri saboq chiqarib, Alloh taoloning bizga bergan sanoqsiz ne'matlarini qadrlashimiz, shukr qilishimiz, qo’limizda borini yaqinlarimizga, ayniqsa, muhtojlarga ham ulashishimiz zarurligini anglab yetmoqdamiz.
Bugun tuman hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan tumandagi sahovatli insonlar ko’magida tashkil etilgan sahovat karvonlari mavjud 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlari bo’ylab yo’lga chiqib, 549 ta kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ulashdi.
Sahovatpesha homiylarimizning ikromlari kirib borgan har bir xonadon egalari ham ushbu ezgulikka o’z vaqtida javob qaytarishib, duoga qo’l ochdilar. Ushbu hayrli ishlarni boshida turganlarga minnatdorchilik bildirishib, g’amsiz-dardsiz osuda hayotimizga tezroq qaytishimizni Allohdan so’radilar.
Ma'lumot uchun: bugun Qo’shtepa tumanidagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand 549 ta xonadonga 16,1 tonna un, 1,8 tonna o’simlik yog’i, 5,5 tonna sabzi, 40 quti tuxum, 250 kilogramm kartoshka, 250 kilogramm piyoz, 180 kilogramm makaron va 280 kilogramm guruch oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati