Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA NIMA GAP: AHILLIKDA GAP KO’P

×

 2020-04-01 15:44:31    404

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizda: «Otang mahalla, onang mahalla», degan naql bekorga aytilmagan. Chunki mahalla insonlarni bir maqsad yo’lida birlashtiradi. Xo’sh, bugungi sinovli davrda Qo’shtepa tumanidagi mahallalarda qanday ishlar olib borilmoqda?

Shuni aloxida ta'kidlash lozimki, karantin davrida aholining uyda qolishi va niqobsiz yurmasligi, barcha shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishini, farzandlariga kitob o’qish, darslariga tayyorlanishi uchun yordam berishini ta'minlash maqsadida tumandagi 51 ta Mahalla fuqarolar yig‘inlarida «Mening mahallamga koronavirus yaqinlasha olmaydi!», «Mahallam ahli salomatligi - yurtim boyligi!» mavzularida xayriya aksiyalari o’tkazilmoqda. Chunki, butun dunyoni xavfga solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash barchamizdan hamjihatlikda harakat qilishni talab qilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan tumandagi sahovatpesha tadbirkorlar hamda Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan mahallalarda yashovchi kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan xonadonlarga, nogironligi bo’lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot ko’chatlari va virusning oldini olish va himoyalanishda salomatlik uchun zarur bo’lgan tibbiy niqob, nam salfetka, antiseptik vositalar tarqatildi. Qolaversa tumandagi mehr-muruvvatning etagidan tutgan tadbirkorlar shu kungacha mahallardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 300 kilogramm qo’y go’shti tarqatdilar.

MFYlarning mas'ul xodimlari tomonidan hududlardagi savdo do’konlarida  narx-navoning sun'iy oshirilishini oldini olish bo’yicha doimiy monitoring o’tkazilib, dizinfeksiyalash ishlari ham davom etmoqda.

Aholi belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilishiga, karantin davrida uyda qolishiga, tomorqa yerlaridan unumli foydalanishga chorlandi.

Ushbu hayrli ishlarni amalga oshirishga tuman hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Zoxidjon Komilov bosh-qosh bo’lmoqda.

Katta Beshkapa MFY raisi Soyibjon Abdullayev, Yangi do’kon MFY raisi Roxatoy Yuldasheva, Qo’rg’oncha MFY raisi Malikaxon Abduraxmonova, Qamishtepa MFY raisi Akbarjon Abdullayevlar ushbu tadbirlarni o’tkazishda barchaga namuna ko’rsatib kelmoqdalar.

Ha, biz asrlar davomida barcha qiyinchiliklarni bosiqlik va hamjihatlik bilan ortiqcha sarosimalarsiz yengib o’tgan ahil, ulug’ xalq avlodlarimiz. Bugun dunyo hamjamiyatini o’ziga xos sinovdan o’tkazayotgan koronavirus pandemiyasini ortiqcha xavotirciz yengib o’tishga aqlimiz ham, qurbimiz ham yetadi. Joylarda virus tarqalishining oldini olish va har bir oilaning osuda, to’kin turmushini ta'minlashda MFYlarning ishtirok etayotgani esa yanada ahamiyatlidir. Bir so’z bilan aytganda, bugun xalqimiz hayotida jiddiy sinov davri kechmoqda. Bu imtihondan qanday o’tishimiz esa, hammamiz va har birimizga bog’liq.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati