Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKOR SAXOVATI
2020-03-31 14:58:23 191
Karantin davrida Qo’shtepa tumanidagi saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan aholiga beg’araz yordam ko’rsatish tashkil etildi. Mana shunday saxovatpesha tadbirkorlardan biri, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Fazliddin Mamanazarov sinovli paytda xalqning dardiga ko’mak bo’lishdek xayrli ishga qo’l urdi. Xayriya tadbirida tuman hokimi I. Novikov, tuman IIB boshlig’i S. Abdullayev va boshqa mutasaddi idoralarning mas'ul xodimlari ishtirok etdilar. Ular tumanimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron fuqarolarning xolidan xabar olishdi.
Saxovat yuki ortilgan avtomashinadagi oziq-ovaqt mahsulotlari Qorakaltak va Shodlik MFY hududida yashovchi 8 ta kam ta'minlangan va nogironligi bo’lgan oilalarga yetkazib berildi. Ularning har biriga 1 qop un, 5 kg yog’, 5 kg.dan kartoshka, sabzi, piyoz, makaron, guruch, 1 kg qo’y go’shti va tibbiyot niqoblari tarqatildi. Kutilmagan bu ehsondan ularning barchasi хursand bo’ldilar va yo’qlab kelganlarni qo’l ochib duo qildilar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati